Hojimat Erkinov: "Murabbiy o'yinga adrenalin qo'shish kerakligini aytdi"
15 apr 2021 06:01
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/631199_original.jpg)
![](/upload/storage/631199_220.jpg)
Hojimat Erkinov: "Murabbiy o'yinga adrenalin qo'shish kerakligini aytdi"
Pakhtakor Tashkent Dragan Ceran - 69', Sharof Mukhiddinov - 75', Khozhimat Erkinov - 82' |
AFC Champions League Grp. B . 1-tur 14/04/2021, 21:00 3
:
3
Tugadi
|
Tractor Ashkan Dejagah - 53', Mohammad Abbaszadeh - 56', Mohammad Abbaszadeh - 85' |
"Paxtakor" safida rasmiy o'yinlarda o'zining birinchi golini urgan Hojimat Erkinov golli uzatma muallifiga ham aylandi. Klub matbuot xizmati "Traktor" bilan kechgan bellashuv haqida Erkinovning fikrlarini taqdim etdi.
- O'yinni nazoratimizga olishga urindik, ammo o'zimizning xatolar evaziga ikkinchi bo'lim boshida ikki to'p o'tkazib yubordik. SHundan keyin oldinga bordik va o'yinga qaytishga muvaffaq bo'ldik. G'alabani saqlab qola olmadik, lekin jamoamiz xarakterini ko'rsatib qo'ydi deb o'ylayman. Ko'proq vaziyatlar yaratdik.
Murabbiy meni maydonga tushirayotgan payt jamoaviy harakatlarga ko'proq energiya, adrenalin berishim kerakligini aytdi. Tezligimdan foydalangan holda jamoaga yordam berishga urindim.
Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" 2-tur doirasidagi o'yinini shanba, 17 aprel kuni Iroqning "Eyr Fors" klubiga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar