Hojimat Erkinov: "Imkoniyat yuzaga kelsa Rossiya chempionatini tanlayman"
14 iyu 2020 12:11
Yangiliklar
Hojimat Erkinov: "Imkoniyat yuzaga kelsa Rossiya chempionatini tanlayman"
Coca Cola Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - AGMK (2:2) uchrashuvidan keyin olmaliqliklar safida faol harakatlari bilan ajralib turgan futbolchi Hojimat Erkinov fikrlarini bildririb o'tdi.
"Har bir futbolchi o'z jamoasiga qarshi o'ynaganda hayajon bo'ladi. Lekin, o'yin boshlangandan keyin o'zimni erkin his qildim va murabbiylarimizni ko'rsatmasini bajarishga harakat qildim. Mazkur uchrashuvga etarli darajada tayyorgarlik ko'rgandik. Uchrashuvdan oldingi turli memlar, gap-so'zlarga etibor bermadik. O'zimizni o'yinni qildik.
Ha, g'alabani ushlab qola olmadik. Endi bu - futbol. Unda hamma narsa bo'lishi mumkin. Keyingi uchrashuvlarda bundan ham yaxshiroq harakat qilamiz.
Legioner sifatida xorijda o'ynash imkoni tug'ilsa Rossiya chempionatini tanlagan bo'lardim. Umuman olganda hozir AGMK jamoasini futbolchisiman. Bor etiborim shu jamoaga qaratilgan",- deydi Hojimat Erkinov.
Fikrlar