So’nggi yangiliklar

14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  15 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  1 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1 12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  1 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  6 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  4 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  2 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  84 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  12 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  1 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  3

"Hisobni ochgach himoyaga yotib olganimiz menga yoqmadi. Bizda teng kuchli ikkita tarkib bor", - Baxtiyor Ashurmatov ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

"Hisobni ochgach himoyaga yotib olganimiz menga yoqmadi. Bizda teng kuchli ikkita tarkib bor", - Baxtiyor Ashurmatov ishtirokidagi matbuot anjumani

"Qo'qon-1912" - "Mashal" (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov qatnashdi.




- Avvalambor, stadionga kela olmagan muxlislarimizni bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Masofdan turib bizni qo'llab-quvatlab turgan, ayniqsa stadionga qo'shni binolarda turgan ashaddiy ishqibozlarimizga ham o'z minnatdorchilik bildiraman. Bugungi g'alaba uchun barchaga tashakkur aytaman. “Mashal” bilan o'yin oson bo'lmasligini bilardik. Muborakliklar har qanday holatda ham oxirigacha kurashadigan jamoa. SHuning uchun yigitlarga g'alaba uchun alohida rahmat aytaman.

- Eng asosiysi g'alaba va uch ochko. Biz har bir o'yinda ikki nafar hujumchi bilan maydonga tushyapmiz. Vaziyatga qarab, markazni kuchaytirishga harakat qilyapmiz.

Bugungi o'yinning birinchi bo'limidan ko'nglim to'lmadi. Hisobni ochgach, himoyaga yotib olganimiz menga yoqmadi. SHuning uchun shogirdlarimga oldinga borish uchun ko'rsatmalar berib turdim.

Murod Xolmuhammedov singari standart vaziyatlar ustasining jamoamizda bo'lishi esa bu bizning baxtimiz. Hozir dunyo futbolida urilayotgan gollarning 60-70 foizi standartlardan urilmoqda. Albatta jamoamizda standartlarni alo darajada amalga oshira oladigan futbolchilarimizning borligi bizni xursand qiladi.
“Mashal” safida nomdor futbolchilar bo'lmasa-da, oxirigacha kurashishdi. Ular gol o'tkazib yuborganlaridan keyin bizni himoyalanishga majbur qilishdi.

Raqib jamoaga qarab, tarkib tanlaymiz. Kim kuchli bo'lsa o'sha futbolchi maydonga tushadi. Jamoamizda sog'lom raqobat mavjud. Zaxiradan maydonga tushayotgan futbolchilarimiz ham o'yinlarimizni kuchaytirishmoqda. Bizda teng kuchli ikkita tarkib bor. G'alabalarimizda esa barcha futbolchilarimzning hissalari bor", - deydi Baxtiyor Ashurmatov. 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика