So’nggi yangiliklar

19:00Суперлига. "Бунёдкор" – "Сўғдиёна" (матнли трансляция)  1 18:49"Челси" янги стадион қурмоқчи  0 18:27Суперлига. "Бунёдкор" - "Сўғдиёна" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 17:59"Барселона" де Йонг билан келишиб олди  0 17:21Дезире Дуэ "Интер Майами"га қарши ўйин олдидан: "Бу турнирда фақатгина энг кучлилар ўйнайди. Хато қилишга ҳаққимиз йўқ"  3 16:57"Челси" келаси ҳафтада янги трансферни эълон қилиши кутилмоқда  0 16:20"Шўртан" бугун 10 йиллик "қора анъана"га чек қўядими?  2 15:58ПСВ "Манчестер Юнайтед" футболчисини сотиб олмайдиган бўлди  1 15:21Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди  7 14:53Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин  0 14:28"Атлетик" собиқ президенти: "Уильямс биз учун ўйнашни истамаяпти"  6 13:45Луис Энрике: "Интер Майами"нинг даражаси умуман бошқача"  5 13:21Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас"  7 12:50Маскерано: "Биз бу ўйинда аутсайдермиз"  6 12:14Бруну Лаже "Челси"дан учралган мағлубиятга изох берди  0

Hindiston termasi ustozi Igor SHtimac: "O'zbekiston – musobaqadagi "sirli tulpor" Yangiliklar

Hindiston termasi ustozi Igor SHtimac: "O'zbekiston – musobaqadagi "sirli tulpor"

Qatarda o'tkaziladigan Osiyo kubogi oldidan Hindiston terma jamoasi bosh murabbiyi Igor SHtimac o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Malumot uchun, Hindiston terma jamoasi Avstraliya, O'zbekiston va Suriya terma jamoalari bilan bir guruhdan o'rin olgan. Igor SHtimac Hindistonning tayyorgarligi va raqiblar haqida fikr bildirdi.

"Biz Dohaga vaqtliroq kelishni istadik. Bu erga moslashishga vaqt kerak edi. Mashg'ulotlarni boshlab oldik. Bizga bo'yi baland va kuchli o'yinchilar kerak. Hozir yangi futbolchilarni sinab ko'radigan payt emas. Bu musobaqada avvaldan biz bilan bo'lgan o'yinchilarga tayanamiz. 26 futbolchidan 17 nafari uchun Osiyo kubogi birinchi katta musobaqa bo'ladi.

Biz guruhda autsayder sifatida ko'rilmoqdamiz. Avstraliya musobaqa favoritlaridan biri. O'zbekiston - musobaqadagi "sirli tulpor", ularning so'nggi natijalari juda yaxshi. To'pga ko'p ham egalik qilmasligimizni va gol urish uchun imkoniyatlarimiz kam bo'lishini bilamiz. Biroq, biz aniq maqsadni o'z oldimizga qo'ya olishimiz kerak. Asosiy vazifamiz gol o'tkazmaslik bo'ladi, undan so'ng esa gol urishga harakat qilamiz.

O'yinchilarim musobaqadan zavq olishlarini istayman. Natija haqida o'ylamasdan, tajriba yig'ishga harakat qilishimiz lozim. Men o'yinchilarga hech qanday bosim yuklamayapman. Maydonga tushamiz va jang qilamiz", - deydi Hindiston termasi ustozi Igor SHtimac.

Eslatib o'tamiz, Hindiston terma jamoasi Osiyo kubogi guruh bosqichidagi ilk uchrashuvini 13 yanvar kuni Avstraliya termasiga qarshi o'tkazadi.  Ikkinchi turda esa Hindiston termasiga O'zbekiston milliy jamoasi raqiblik qiladi. Ushbu uchrashuv 18 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика