So’nggi yangiliklar

23:53УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" – "Аталанта" (матнли трансляция)  5 23:46"Ал Насср" Саудия Арабистони Суперкубоги финалига йўл олди. Роналду янги мавсумдаги илк голини урди  0 23:30Карло Анчелотти: "Ёзги таътилим расво бўлди"  1 23:10УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" – "Аталанта". Бошланғич таркиблар аниқ!  20 22:40ПСЖ деярли 60 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  1 22:08Анвар Бердиев: "Ютишимиз ҳам, ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  2 21:52Ҳаким Фузайлов: "Бугун икки очко йўқотдик"  1 21:30Сильванус Нимели расман янги клубга ўтди  0 21:10"Футбол олами". "Насаф" "Пахтакор"ни ОКМК "Навбаҳор"ни мағлуб этди — Суперлиганинг 15-тури ҳақида барчаси  1 20:59Про-лига. "Хоразм" - "Шўртан" учрашувида ғолиб аниқланмади  1 20:4235 ёшли хавбек "Барса"га ўтиши мумкин?!  6 20:10"Рома" Шомуродовнинг рақобатчисини бошқа клубга юбормоқда  7 19:55Про-лига. "Дўстлик" "Олимпик Mobiuz" устидан ғалаба қозонди  2 19:35"Ал Қодисия" навбатдаги юлдуз футболчи билан келишувга эришди  7 19:15Olamsport: Баҳодир Жалолов ўзидан кейинги чемпион номини айтди, яна бир ўзбек спортчиси UFC билан шартнома имзолади  0

Hindiston superligasi qanday tashkil topdi? Yangiliklar

Hindiston superligasi qanday tashkil topdi?

Ayni kunlarda Hindiston superligasi atrofida yuzaga kelgan gaplar ko'pchilikni hayron qoldirgan bo'lishi tabiiy.
CHunki futboli rivojlanmagan yurtda qisqa muddat ichida superliga tashkil etildi, u erda yulduzlar to'p tepishni boshladi. Bularni hindlar qanday amalga oshirdi? Aynan shu holat haqida o'quvchilarimizga malumot etkazishga qaror qildik.



Ochilish marosimi

2010 yil Hindiston futbol federaciyasi bir qator kompaniyalar bilan homiylik shartnomasini imzoladi. SHundan keyin yulduzlarni jalb etgan holda superliga tashkil qilishga urinish boshlandi. Bu harakatlar 2014 yilga samara berdi. Mamlakatning yirik 8 shahrida jamoalar tashkil qilindi. Yirik kompaniyalar, Bollivud yulduzlari va ko'plab mashhur shaxslar jamoa tuzish ishlarini zimmalariga olishdi. 13 oktyabrdan start olgan superliga 20 dekabrda nihoyasiga etadi.

Har bir jamoa bir nafardan mashhur futbolchi va 2 nafardan xorijlik futbolchi bilan o'zi shartnoma imzolashi mumkin. Yana 5 legionerni esa saralab olish uchun taqdim etilgan ro'yxatdan tanlab oladi. 14 nafar mahalliy futbolchilar bilan ham shartnoma tuziladi. Ulardan 4 nafari o'sha jamoa o'ynaydigan hududda tug'ilgan bo'lishi shart. Demak, ro'yxatda 22 nafar futbolchi bo'ladi.



Mashhur aktirasa Priyanka CHorpa ochilish marosimida ishtirok etdi

Superliga odatiy chempionatdan alohida tarzda o'tkaziladi. Yani, odatiy milliy birinchilik yilning qolgan oylarida bo'lib o'tadi. Superliga esa alohida tashkil etiladi. CHennay, Dehli, Goa, Guvaxati, Kochi, Kalkutta, Mumbay va Punada shunday jamoalar tuzildi. Ularni tuzish uchun federaciya bir xil miqdorda mablag'ni klublarga taqsimladi. Jamoalar byudjeti taxminan 20 million AQSH dollariga yaqin etib belgilandi. Jon Abraxam, Ranbir Kapur, Salmon Xon, Abxishek Bachchan singari Bollivud aktyorlari ham jamoalar tuzishda qatnashishdi.
Mahalliy futbolchilarni saralash jarayonida 84 nafar eng yaxshi o'yinchilar klublar ixtiyoriga havola etildi.



Ana sizga yulduzlar...

Xorijliklarni saralashda esa 49 nafar futbolchining ro'yxati taqdim etildi. Oxir-oqibat hindistonliklar Luis Garsiya, Elano, Del Pero, Pires, Jeyms, Yungberg, Kapdevilya va Trezege singari futbolchilarning harakatlaridan bahramand bo'lish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Angliyalik Jeyms klubida ham murabbiy, ham o'ynovchi darvozabon vazifasini bajaradi. Murabbiylar orasida Marko Materacci, Ziko, Riki Xerbert, Piter Rid, Antonio Lopes singari mashhurlarni ko'ramiz.



Hindiston superligasi rahbari Nita Ambani so'zga chiqdi

“Atletiko Kalkutta” (Kalkutta) 
Bosh murabbiy:
Antonio Lopes (Ispaniya)  
Mashhur futbolchi: Luis Garsiya (Ispaniya)

“CHennaiyin” (CHennay)    
Bosh murabbiy: Marko Materacci (Italiya)  
Mashhur futbolchi: Elano (Braziliya)

“Dehli Dinamo” (Dehli)  
Bosh murabbiy: Xarm van Veldxoven (Gollandiya)  
Mashhur futbolchi: Del Pero (Italiya)

“Goa” (Goa)  
Bosh murabbiy: Ziko (Braziliya)  
Mashhur futbolchi: Rober Pires (Franciya)

“Kerala Blasters” (Kochi)  
Ham murabbiy ham futbolchi: Devid Jeyms (Angliya)

“Mumbay Siti” (Mumbay) 
Bosh murabbiy: Piter Rid (Angliya)  
Mashhur futbolchi: Frederik Yungberg (SHveciya)

“NorzIst Yunayted” (Guvaxati)  
Bosh murabbiy: Riki Xerbert (Yangi Zelandiya)  
Mashhur futbolchi: Xuan Kapdevilya (Ispaniya)

“Puna Siti” (Puna)  
Bosh murabbiy: Franko Kolomba (Italiya)  
Mashhur futbolchi: David Trezege (Franciya)



Ritik Roshan va Priyanka CHopra...

Xorijlik mashhur futbolchilardan yana Borxa Fernandes, Bernar Mendi, Marek CHex, Maykl CHopralarni ham ko'ramiz.
Jamoalar uchun shaharlarni tanlashda shahar tuzilmasi, stadion va ishqibozlar sonining ko'p bo'lishiga alohida etibor qaratildi.

Stadionlar sig'imi:
Kakutta   “Solt Leyk”   120 ming
CHennay   “Javoharlal Neru”   40 ming
Dehli   “Javoharlal Neru”   60 ming
Goa   “Fatorda”   24 ming
Kochi   “Javoharlal Neru”   75 ming
Mumbay   “Patil”   55 ming
Guvaxati   “Indira Gandi”   35 ming
Puna   “SHri SHiv CHxatrapati”   22 ming



Orqa planda Devid Jeyms, David Trezege va Rober Pries...

Uchrashuvlarni translyaciya qilish huquqi birinchi navbatda “STAR Sports” kompaniyasiga tegishli. Hindiston ichida aynan ushbu telekanlar barcha o'yinlarni olib ko'rsatadi. Nafaqat uchrashuvlar, balki maydondan tashqaridagi voqealar ham yoritib boriladi. Turli ko'rsatuvlar tomoshabinlar etiboriga havola etiladi. Bundan maqsad futbolning nufuzini yanada oshirish.

“Hero MotoCorp” kompaniyasi uch yil mobaynida ligaga rasman homiylik qiladi. Teleauditoriyani qamrab olish bo'yicha superliga Hindistonda eng katta ish amalga oshirilgan sport musobaqasiga aylanadi. Unda aholining 85 foizini auditoriyaga aylantirish imkoniyati yuzaga kelishi kutilmoqda. Bu 1 milliarddan ortiq aholi o'yinlarni kuzatib borishi bilan barobar. Sport, kino va mahalliy telekanallar orqali ham uchrashuvlar namoyish etiladi.



"Atletiko Kalkuta" futbolchisi Borxa Fernandes golini nishonlamoqda

O'yinlar “Star Sports 2” (ingliz), “Star Sports 3” (hind), “Star Sports HD 2” (ingliz), “Star Gold” (hind), “Star Utsav” (hind), “Asianet Movies” (malayalam), “Jalsha Movies” (bengal) va “Suvarna Plus” (kannada) telekanallarida turli tillarda sharhlab boriladi. SHarhlanadigan tillarni kanallar nomidan keyin keltirigan. www.starsports.com saytida esa o'yinlarin internet orqali ko'rish imkoniyati taqdim etiladi. Hindlar bellashuvlarni xorijliklar uchun shu tariqa bepul tomosha qilishga ruxsat bergan.
“Fox Sports” telekanali superliga o'yinlarini Alessandro Del Peroning mashhurligi sababli namoyish etadi. SHu tariqa Avstraliyada nom kozonib ulgurgan italiyalik futbolchining harakatlaridan ko'pchilik bahramand bo'ladi. Hindiston superligasini kuzatish va hind futbolini yaqindan yoritish uchun minglab jurnalistlarning bu erga tashrifi kutilmoqda.

Hindistondek futboli unchalik rivojlanmagan mamlakat futbolni ommaviylashtirish, unga bo'lgan etiborni kuchaytirish uchun shunday loyihaga qo'l urgan ekan, buni olqishlab qolamiz. O'z navbatida imkoniyati borlarga uchrashuvlarni tomosha qilib borishni maslahat beraman.

Behzod NAZAROV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика