Hindiston - O'zbekiston uchrashuvini xitoylik hakamlar boshqarib borishadi
16 jan 17:34
Yangiliklar
Hindiston - O'zbekiston uchrashuvini xitoylik hakamlar boshqarib borishadi
Hindiston - O'zbekiston o'yinini xitoylik Fu Ming bosh hakam sifatida boshqaradi. Unga hamyurtlari Jou Fey hamda Jang CHeng yordam berishsa, zaxira hakami sifatida iordaniyalik Ahmad Muhammad ishlaydi.
Malumot uchun, Fu Ming joriy mavsum jami 2 ta uchrashuvda ishlagan. Ikkala uchrashuv ham qitamizning klublar miqyosidagi musobaqalarga to'g'ri keladi: OCHL guruh bosqichi saralash o'yini hamda OCHL guruh bosqichi. Etiborli tomoni, ushbu hakam OCHL guruh bosqichining 3-turida SHarja (BAA) - Nasaf uchrashuvida hakamlik qilgan. Ushbu bahslar davomida u cho'ntagidan jami 9 marta sariq kartochka, 1 marotaba qizil kartochka chiqargan va 1 bora penalti belgilagan.
Osiyo Kubogi-2023 | 2-tur
18.01.2024 | 19:30 (Toshkent vaqti)
HINDISTON – O'ZBEKISTON
“Ahmad bin Ali” stadioni, Doha
Bosh hakam: Fu Ming (Xitoy)
Qanot hakamlari: Jou Fey, Jang CHeng (ikkalasi Xitoy)
Zaxira hakami: Ahmad Muhammad (Iordaniya)
VAR: Omar Muhammad Ahmad (BAA)
AVAR: Araki Yusuke (Yaponiya)
India |
Asian Cup Grp. B . 2-tur 18/01/2024, 19:30 3
:
0
Tugadi
|
Uzbekistan Abbosbek Fayzullayev - 4', Igor Sergeev - 18', Sherzod Nasrulloev - 45' |
Stadion: Ahmed bin Ali Stadium, 38491 tomoshabin
Fikrlar