Hikmat Ergashev: “15 daqiqa ichida ikkita to'p farqi bilan orqada qolish yigitlarning ruhiyatiga qattiq tasir etdi”
27 apr 2019 11:09
Yangiliklar


Hikmat Ergashev: “15 daqiqa ichida ikkita to'p farqi bilan orqada qolish yigitlarning ruhiyatiga qattiq tasir etdi”
Superliga 6-turidan o'rin olgan "Nasaf" - AGMK (4:0) uchrashuvidan so'ng olmaliqliklar ustozi Hikmat Ergashev bellashuv haqidagi o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Nasaf" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Ular shakllangan jamoa va ularda yaxshi futbol maktabi bor. Biz esa yangi jamoa tuzganmiz va hali ular bir-birlari bilan kirishib keta olishmayapti. "Bunyodkor" jamoasi bilan o'yinda ham xatolar bo'ldi.
15 daqiqa ichida ikkita to'p farqi bilan orqada qolish - yigitlar ruhiyatiga qattiq tasir etdi. Bugungi o'yin uchun muxlislardan uzr so'raymiz.
O'ylashimcha, AGMK jamoasiga xarakter etishmadi. Jamoamiz murabbiyi takidlaganidek, jamoani o'zi bilan ergashtira oladigan etakchi futbolchi yo'q. Zafar Polvonov shamollab qolgani bois bugun maydonga tusha olmadi. ", - dedi Hikmat Ergashev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar