So’nggi yangiliklar

08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  1 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  2 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  2 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  3 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  20 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2

Haqiqiy Superliga: Turkiya chempionatidagi taniqli o'yinchilar Yangiliklar

Haqiqiy Superliga: Turkiya chempionatidagi taniqli o'yinchilar

Turkiyada kimlarni kuzatish mumkinligi haqida gaplashamiz.

Futbol ommasi Evropa Superligasini yaratishni muhokama qilayotganda, turk Superligasi faol harakatga o'tmoqda. Yozgi transfer oynasi paytida turk klublari ko'plab sifatli o'yinchilar bilan shartnoma imzolashdi. Hamma ham bunday darajadagi mashhur o'yinchilar bu chempionatga o'tishini kutmagandi. Ularning ayrimlari Turkiyada bir yildan ko'p vaqt davomida o'ynashadi. Bugun Turkiya Superligasidagi kuzatish mumkin bo'lgan mashhur futbolchilar haqida gaplashamiz.


Mauro Ikardi ("Galatasaroy")


"Galatasaroy" doim sifatli va bazida yulduz o'yinchilarni olish qobiliyati bilan tanilgan. Yaqinda Istanbuldan Radamel Falkao ketdi. Endi navbat Mauro Ikardiga. "SHerlar" 29 yoshli hujumchini PSJdan bir mavsumga ijaraga olishdi. Parijliklar futbolchidan qutulishni shu qadar xohlashgan ediki, hatto Mauro maoshining katta qismini to'lashga ham rozi bo'lishdi. Bu "Galatasaroy" va Ikardining o'zi uchun ijobiy holat deb hisoblash mumkin. Argentinalik Turkiyada faoliyatini qayta qurishi mumkin, "sherlar" esa yaxshi shart evaziga sifatli o'yinchini olishdi.



Xuan Mata ("Galatasaroy")


"Galatasaroy" faqatgina Ikardi bilan cheklanmadi. "SHerlar" sentyabrda Xuan Mata bilan erkin agent maqomida shartnoma imzolashdi. Tomonlar "1+1" ko'rinishida bitim tuzishdi. Ispan "Manchester Yunayted"dan ketganidan so'ng turk klubiga tekinga tushdi. 34 yoshli xavbek yoshiga qaramasdan, "Galatasaroy" uchun yaxshi kuchayish bo'ladi. Mata so'nggi paytlarda kam o'ynadi, ammo uning sifati oldingidek qoldi. Ha, futbolchining o'zi ham APLdan so'ng Superligaga mos bo'lishi kerak.



Dris Mertens ("Galatasaroy")


Yana bir yulduz o'yinchi "Galatasaroy"ga tekinga tushdi. "SHerlar" avgustda "Napoli" tarixidagi eng yaxshi to'purar bo'lmish Dris Mertens bilan shartnoma imzolashdi. Neapolliklar 35 yoshli hujumchini saqlab qolishni xohlashdi, ammo u taklifni qabul qilmadi. Futbolchi turk klubi bilan "1+1" ko'rinishida shartnoma imzoladi. Mertensning Belgiyaga qaytishi kutilgan edi, ammo u Turkiyaga yo'l olishga qaror qildi. Hozircha u Superligada 300 daqiqadan ko'p vaqt mobaynida samarali harakat amalga oshira olmadi, ammo gollar bunday darajadagi forvard uchun — faqatgina vaqt masalasi.



Mishi Batshuayi ("Fenerbaxche")


Batshuayi faoliyati davomida qaerlarda o'ynamadi. Garchi u hali 30ga kirmagan bo'lsa ham. Belgiyalik 2016 yilning yozida "CHelsi" o'yinchisiga aylandi. U shundan so'ng ijara asosida "Borussiya" (Dortmund), "Valensiya", "Kristal Pelas" va "Beshiktosh"da o'ynadi. 28 yoshli o'yinchining keyingi "bekati" "Fenerbaxche" bo'ldi. Batshuayi "kanareykalar" bilan "2+1" ko'rinishidagi to'laqonli shartnoma imzoladi. "CHelsi" futbolchi uchun 3,5 million evro oldi. Belgiyalik turk Superligasi bilan yaxshi tanish, shu sabab ko'nikishda muammo kuzatilmaydi. U hozircha Evropa Ligasida 2ta o'yinda 1ta gol urishga erishdi.



Mesut O'zil ("Istanbul Bashakshexir")


Bu O'zilning Turkiyadagi birinchi yili emas. Mesut 2021 yilning yanvarida "Arsenal"ni tark etdi va "Fenerbaxche"ga erkin agent maqomida o'tdi. Avvaliga tomonlar hamkorlikdan mamnun edilar. Klub hatto futbolchiga dastlabki yarim yillikda hech nima to'lamadi ham. Ammo, o'tgan mavsumning so'nggi O'zilni jamoa bilan ishlashdan chetlatishdi. Buning sababini hech kim malum qilmadi. Mish-mishlarga ko'ra, barchasi jamoadoshi bilan bo'lgan kelishmovchilikdan boshlangan. 33 yoshli xavbek mavsumlar oralig'ida "Istanbul"ga erkin agent maqomida o'tdi. Germaniyalik futbolchida boshqa mamlakatlardan taklif bor edi, ammo u Turkiyada qolishga qaror qildi.



Lukas Torreyra ("Galatasaroy")


Yana "Galatasaroy". Yana bir nomdor o'yinchi mavsumlar oralig'ida jamoa safini to'ldirdi. Lukasning "Arsenal"dagi ishlari yurishmadi. O'yinchi "kanonirlar" futbolchisi sifatida "Atletiko" va "Fiorentina"da ijara asosida harakat qildi. Urugvaylik Florenciyada qolishni xohladi, ammo italyan klubi "to'pchilar" bilan to'laqonli transfer borasida kelisha olishmadi. Yakunda, 26 yoshli xavbek "Galatasaroy"ga yo'l oldi — bir yo'la to'laqonli asosda. "SHerlar" futbolchi uchun 6 mln evro to'lashdi va u bilan 4 yillik bitim tuzishdi. Torreyra muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda va doimiy ravishda Superligadagi o'yinlar asosiy tarkibda maydonda ko'rinish bermoqda.



Dele Alli ("Beshiktosh")


Joze Mourinyuning "Tottenxem"ga kelishi bilan Dele Allining ishlari orqaga ketdi. Vaziyat boshqa murabbiylar bilan ham o'zgarmadi. Angliyalik yanvarda "shporlar"ni tark etdi va "Everton"ga erkin agent maqomida o'tdi. Ammo, u erda ham ishlari yurishmadi. "Ko'klar" avgustda 26 yoshli xavbekni "Beshiktosh"ga ijara asosida yuborishdi. Dele Allining faoliyati jiddiy tarzda orqaga ketdi, ammo unda barchasini iziga tushirish uchun vaqt bor. Buning uchun Turkiya mos variantmi — vaqt ko'rsatadi. Futbolchi hozircha Superligadagi 2ta o'yinda 1ta gol urdi.



Marek Gamshik ("Trabzonspor")


Gamshik hozirda "Napoli"dagi davrlaridagidek tez-tez eslanmaydi. Slovak Neapolning tirik afsonasiga aylandi va o'yinlar (520) soni bo'yicha rekordchi bo'ldi. Marek A Seriyadan so'ng Xitoyning "Dalyan Pro" va SHveciyaning "Geteborg" jamoasida o'ynashga ulgurdi. 35 yoshli xavbek 2021 yilning yozidan beri "Trabzonspor"da harakat qiladi. Gamshik o'tgan mavsum Superligada o'rtacha 80 daqiqa harakat qildi va bu "qariya" uchun juda yaxshi natija hisoblanadi. Slovak joriy mavsumda kamroq o'ynamoqda, ammo futbolchining sifati o'sha-o'sha. Superligada Turkiya chempionatini yana ham qiziqarliroq qiladigan yaxshi yulduzlar guruhi yig'ilgan.





Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика