Hamidjon Aktamov: “1-turda safarda “So'g'diyona”ga qarshi o'ynashni istamasdik”
18 dek 2014 08:04
Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: “1-turda safarda “So'g'diyona”ga qarshi o'ynashni istamasdik”
Vanihoyat, O'zbekiston XXIV milliy chempionati oliy liga o'yinlariga qura tashlandi. Kutilganidek, unda o'n olti jamoa o'zaro bahs yuritadigan bo'ldi.
O'zbekiston futbol federaciyasida o'tkazilgan qura tashlash marosimidan so'ng, jamoalar o'z raqiblari va uchrashuvlar sanalarini bilib oldilar. Qura taassurotlari xususida “Qizilqum” professional futbol klubi Ijrochi direktori Hamidjon Aktamovning fikri bilan qiziqdik.
- Jamoamiz uchun qura omadli yoki omadsiz keldi, demoqchimasman, - deydi Hamidjon G'ulomovich. - Agar o'tgan yilgi taqvim bilan amaldagisini solishtirsangiz juda bir-biriga o'xshab ketadi. O'tgan yili birinchi va uchinchi turlarda Toshkentning “Bunyodkor” va “Paxtakor” jamoalari bilan safarda o'ynagandik. Yangi mavsumda ular bilan ikkinchi va to'rtinchi turlarda o'zaro ro'baro' kelamiz. Ular bilan bu gal safarda emas, o'z maydonimizda o'ynaymiz. Umuman aytganda, kim bilan o'ynashimizning ahamiyati yo'q. CHunki mavsum davomida barcha raqib bilan kuch sinashamiz baribir. Faqatgina dastlabki turda safarda “So'g'diyona”ga qarshi o'ynash yoqimsiz. CHunki o'tgan mavsumning oxirgi o'yinini Zominda mutlaqo nobop maydonda qor aralash yomg'ir ostida jizzaxliklarga qarshi o'tkazgandik. Erta bahorda menimcha bu maydon hali optimal holatiga kelib ulgurmagan bo'ladi. Malumotlarga qaraganda, “So'g'diyona” yangi mavsumni qayta rekonstrukciya qilingan Jizzaxdagi stadionda o'tkazishi ham mumkin ekan. Agar bizdagi iqlimni hisobga olib aytadigan bo'lsak, tabiiy maydonlarimiz holati aprel oyining ikkinchi yarmidan boshlab tayyor holatga keladi. SHu bois, jamoamiz azolari PFLga dastlabki turni Navoiyda o'tkazish taklifini bildirish niyatida. Hali chempionat boshlanguniga qadar ancha fursat bor. Bu haqda klubdagilar bilan yana fikrlashib ko'ramiz.
- Hozir esa mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rish haqida o'ylagan maqul. Yakunlanayotgan yilda o'z muxlislarimizga kutilgan natijalarni taqdim eta olmaganimizdan xijolatdamiz. SHu bois, yangi mavsumdan umidimiz katta. Navbatdagi chempionatda yuqori o'rinlar uchun kurash olib borishni ko'zlaganmiz. Bizni har tomonlama qo'llab-quvvatlayotgani uchun Navoiy viloyati hokimligi, Navoiy kon metallurgiya kombinati, “Navoiycement” OAJga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Fikrlar