So’nggi yangiliklar

01:28"Атлетико" "Манчестер Сити" футболчиси учун 75 млн. евро таклиф қилди  0 01:20Париж-2024. Франция - Миср  5 01:11Саидазамат Мирсаидов: “Навбаҳор”га соврин ютиш учун келганман”  6 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  2 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  15 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  2 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  1 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  6 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  2 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3

Hamidjon Aktamov: “Yigitlarimiz chinakam iroda namoyish etishdi” Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: “Yigitlarimiz chinakam iroda namoyish etishdi”

“SHo'rtan” - “Qizilqum” jamoalari (1:3) uchrashuvidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumani birinchi qismida mehmonlar bosh menejeri Hamidjon Aktamov ishtirok etdi.


-O'tgan turda o'z maydonimizda alamli mag'lubiyatga uchragandik, - deya so'z boshladi Hamidjon G'ulomovich.

- Teng kurashlar ostida kechgan bahsda “Mashal”ga imkoniyatni boy berganimiz muxlislarimizni qattiq ranjitgan edi. Ana shunday omadsiz o'yindan keyin yigitlarimizni navbatdagi turga tayyorlash oson emasdi. Xayriyatki, bugun mehmonda to'p surishimizga qaramay, jamoamizning barcha azolari bir tanu bir jon bo'lib, g'alaba ishtiyoqida o'ynadilar. Barcha yigitlarimizga rahmat aytaman. Albatta, bugun ko'rdilaringiz, Navoiydan ham yuzlab muxlislarimiz G'uzorga tashrif buyurib, futbolchilarimizni faol qo'llab-quvvatlab turdilar. Ularning daldasi jamoamiz uchun katta madad bo'ldi, desam xato qilmayman.

-O'yinda birinchi bo'lib o'z darvozasidan tezkor gol o'tkazib yuborish har qanday jamoaga salbiy va ruhiy tasir qilishi tabiiy. Bugun yigitlarimiz chinakam iroda namoyish eta oldilar va shuning evaziga muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik.

-“SHo'rtan” - ancha shakllangan jamoa. Bu erda malakali murabbiy ishlaydi, tajribali o'yinchilari ko'p. Bugungi o'yinda ular tarkibida ko'proq yarim himoyachi Eldor Boymatovning o'yini menga yoqdi.

-Amaldagi mavsumda kim chempion bo'ladi? Qiziq savol bo'ldi-ku?! Hali chempionat tugashiga yana to'rtta tur bor. Bunga faqat oxirgi turdan keyingina aniq javob berishim mumkin.

-Oxirgi so'z o'rnida shuni aytishni istardimki, men “Qizilqum” jamoasi bilan birinchi marta G'uzorga kelishim. Rosti, vohaning bir tumanida bu kabi ajoyib futbol muhiti, chiroyli stadionni ko'rib juda xursand bo'ldim. Bunaqa futbol maydonida to'p surishni ko'p jamoalar orzu qilsa ajabmas. Bugun yigitlarimiz mazza qilib to'p tepishdi. Futbol uchun shunaqa shart-sharoitlarni yaratib bergan “SHo'rtan” futbol klubi xomiylari va rahbariyatiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика