Hamidjon Aktamov: "Vatsadze nega yarim himoyada o'ynadi? Bu klub ichki siri"
19 may 2021 22:48
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/638251_original.jpg)
![](/upload/storage/638251_220.jpg)
Hamidjon Aktamov: "Vatsadze nega yarim himoyada o'ynadi? Bu klub ichki siri"
Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Paxtakor" (0:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov o'z fikrlarini bildirdi.
"Alamli mag'lubiyatni qabul qilib oldik. Buni kutmagandik. Yaxshi o'yin ko'rsatib yutqazish juda ham alamli. Barcha futbolchilarimiz yaxshi o'ynashdi. Uchrashuv bitta golgacha bo'ldi, raqib o'sha golni urib ketdi. O'zimiz yaratgan vaziyatlardan gol ura olmadik. Barcha muxlislardan uzr so'raymiz", - deydi Aktamov.
- Elguja Grigalashvili o'yin qaydnomasiga kiritilmadi. Bunga nima sabab bo'ldi?
- U ikki kun oldin mashg'ulotda jiddiy jarohat oldi va davolanmoqda.
- Bugun hujumchi Mate Vatsadze chap qanot yarim himoyasida o'ynadi...
- Bu klubning ichki siri.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar