Hamidjon Aktamov: “So'nggi daqiqalargacha g'alaba uchun harakat qildik”
17 apr 2018 08:51
Yangiliklar
Hamidjon Aktamov: “So'nggi daqiqalargacha g'alaba uchun harakat qildik”
O'zbekiston kubogi, 1/16 final uchrashuvi doirasida “Qizilqum” – “Buxoro” (3:2) uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida jamoamiz ustozi Hamidjon AKTAMOV va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Nemanya YOVANOVICH ishtirok etishdi.
- Muxlislarbop o'yin bo'ldi. Anchadan beri muxlislarimiz oldida g'alabaga erisha olmayotgandik. Bugun 0:2 hisobida yutqazib turib, uchta gol urishga erishdik. Yigitlar 120 daqiqa harakat qilishdi. Ilgarilari kubok uyinida uncha ko'p muxlis kirmasdi. Futbolchilarda ham “nastroy” u qadar yuqori bo'lmasdi. Bu yil futbolga bulgan qiziqish ortmoqda. Judayam chiroyli bahs bo'ldi deb o'ylayman. Oxirigacha harakat qildik va g'alabaga erishdik,-deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi Hamidjon Aktamov.
Nemanya Yovanovich: -O'yin kutilgandek qiyin, katta bosim ostida kechdi. Bellashuv avvalida tezda ikkita gol utkazsakda, o'zimizga kelib oldik. Bugun g'alabani ko'proq istagan jamoaga omad kulib boqdi, deb hisoblayman.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar