So’nggi yangiliklar

16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  0 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  1 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0

Hamidjon Aktamov: "Qizilqum"ga tayyorgarlik uchun vaqt etmadi, bir mag'lubiyat bilan tushkunlikka tushib qolish to'g'ri emas" Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: "Qizilqum"ga tayyorgarlik uchun vaqt etmadi, bir mag'lubiyat bilan tushkunlikka tushib qolish to'g'ri emas"

Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Nasaf" (1:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov o'z fikrlarini bildirdi.




"Yangi mavsum boshlangani bilan barchani tabriklayman. Doim ochilish o'yini qiyin o'tgan. Bu yil "Qizilqum" murabbiylar shtabi va jamoa tarkibida katta o'zgarishlar bo'ldi. Afsuski ilk turda ijobiy natija qayd eta olmadik, bizga ozgina vaqt kerak. Tayyorlanishga vaqt etmay qoldi. Yangi futbolchilar moslashib ketishlari uchun biroz vaqt kerak. Barcha muxlislardan uzr so'rayman, xatolarimiz ustida ishlaymiz.

Azizbek Usmonov nima uchun o'ng qanot yarim himoyasida o'ynadi? U oldin ham bu joyda o'ynagan. Bu joyda aslida Doston Ibragimov o'ynashi kerak edi, ammo ikki kun oldin jarohat oldi va maydonga tusha olmadi. Usmonov 30 daqiqalarda jarohat oldi va tanaffusda uni almashtirishga majbur bo'ldim.

CHempionatga tayyorgarlikni juda kech boshladik. To'g'ri hozir mag'lubiyatdan keyin negativ fikrlar boshlanadi. Jamoaga legioner murabbiylarni olib kelganman, ularga vaqt kerak. "Nasaf" esa necha yillardan buyon shakllanib kelayotgan jamoa. "Qizilqum" o'ziga kelib oladi, muxlislar tushkunlikka tushib qolishmasin. Futbolni tushungan odam bugungi o'yindan xafa bo'lmaydi. Masalan, Doniyor Usmonov kecha jamoamizga kelib qo'shildi. Qadamboy Nurmetov ham kecha "Dinamo" bilan hujjat ishlarini hal qilib keldi. Barchasi ruhiyatga bog'liq. Klubda 80 foiz o'zgarishlar kuzatildi. Bitta mag'lubiyat bilan tushkunlikka tushib qolish to'g'ri bo'lmaydi. Biz barchasini noldan boshladik", - deydi Hamidjon Aktamov.


Reyting: -23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика