So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  3 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Hamidjon Aktamov: "O'zbekistonda yaxshi sharoitlarga ega bo'lgan sanoqli futbol klublari bor - "Turon" shular qatoriga kirib ulguribdi" Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: "O'zbekistonda yaxshi sharoitlarga ega bo'lgan sanoqli futbol klublari bor - "Turon" shular qatoriga kirib ulguribdi"

Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Turon" - "Qizilqum" (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov o'z fikrlarini bildirdi.





"Bugungi Hayit bayrami bilan barcha yurtdoshlarimizni tabriklayman. SHunday kunda muxlislarimizni quvontirganimizdan xursandmiz. Juda ham qiziq o'yin bo'ldi, anchadan buyon bunday ko'p muxlis qarshisida o'ynamagandik.

Kim gol ursa o'sha g'alaba qozonardi, bitta golgacha o'yin bo'ldi. Birinchi taymda ko'p vaziyatlarga ega bo'ldik, ikkinchi taymda birinchi taymdan ham yaxshiroq o'ynadik. Gol urib g'alaba qozonganimizdan xursandmiz. SHunday muxlis bilan to'lib toshgan stadionda g'alaba qozonish yoqimli.

Bugun aslida "Turon" mag'lub bo'lmadi, balki shunday sharoitlarga ega bo'lgan klub paydo bo'lgani bu o'zbek futbolining yutug'i. Stadionga ko'plab muxlislar keldi va zavq olishdi. Kecha Yaypanga kelgandik va klubdagi barcha sharoitlar bilan tanishib chiqdik. O'zbekistonda yaxshi sharoitlarga ega bo'lgan sanoqli futbol klublari bor. "Turon" shular qatoriga kirib ulguribdi", - deydi Aktamov.

- "Qizilqum" klubini qachon xalqaro maydonlarda ko'rishimiz mumkin?

- Nasib qilsa mana shu mavsum yuqori o'rinlarga egallashga va xalqaro maydonga chiqishga urinamiz. Hali mavsum oldinda, maqsadimizga etisha olamiz deb o'ylayman.

- "Turon"ning o'yinini ko'rdingiz, sizningcha keyingi o'yinda "Turon" g'alaba qozona oladimi?

- Bu futbol. Biz ham birinchi turda yutgandik, keyin ketma-ket duranglar va mag'lubiyat qayd etdik. Nihoyat bugun g'alabaga erishdik. "Turon"da yaxshi futbolchilar ko'p ekan, legionerlar ham kuchli ekanligi ko'rindi. O'yindan-o'yinga barchasi yaxshi bo'ladi deb o'ylayman.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика