So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  3 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  3 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14

Hamidjon Aktamov: "Navoiyda futbol endi paydo bo'ladi" Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: "Navoiyda futbol endi paydo bo'ladi"

Superliganing 26-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Metallurg" (1:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov matbuot anjumanida qatnashdi.





"Mavsum tugadi, o'zimizga yarashmagan o'rinni egalladik. Yil boshida rejalarimiz boshqacha edi. Ikkinchi davra biz uchun qiyin o'tdi.

O'yin haqida gapirsak, birinchi taymda jamoam umuman o'ynay olmadi, ikkinchi taymda o'zimizga keldik, ammo vaqt etmadi. "Metallurg" jamoasi g'alabani ko'proq xohladi shekilli. To'g'ri, biz ham har bir bahsga g'alaba uchun tushamiz.

Yigitlar balki bugun oson yutamiz deb o'ylashdimi bilmadim. Barchadan uzr so'rayman, qo'limdan kelgan ishlarni qildim. Bu futbol, hayot davom etadi. Turtilib, surtilib o'rganaman. Ishlashda juda ham qo'pol xatolar qilmadik, ammo kamchiliklarimiz bo'lgan bo'lsa ularni to'g'rilashga harakat qilamiz", - dedi Aktamov.

- Keyingi mavsum gruziyalik futbolchilar jamoada qoladimi?

- Keyingi yil nima bo'lishini xudo biladi. Menimcha Navoiyda katta o'zgarishlar bo'ladi. Jamoada ham, infrastruktura ham yangilanadi. Quvondiq Sanoqulov boshchiligida futbol baza, akademiya, stadionlarimizni yangilab beraman dedilar. Ulardan juda ham minnatdormiz. Ravshan Ermatov va Quvondiq Sanoqulov hozir katta loyiha ustida ishlashmoqda. O'ylaymanki Navoiyda endi futbol paydo bo'ladi. Hozirgacha biz oliy ligada qo'limizdan kelganicha qatnashib turdik. Ammo poydevor bo'lmasa natija ko'rsatish qiyin.

Reyting: -33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика