So’nggi yangiliklar

11:11Ўзбекистон кубоги. "Бунёдкор" - "Пахтакор" 0:1  0 10:46"Манчестер Сити" "Реал" футболчисига 150 миллион евро таклиф қилди  3 10:18Эрик тен Хаг АПЛнинг 1-тури олдидан: "Биз тайёр эмасмиз, аммо..."  7 09:47Миср терма жамоаси ҳимоячиси наркотик таъсирида полициячини автомобилда уриб, ўлдирди  5 09:19Футзал. Бугун терма жамоамиз амалдаги жаҳон чемпионларига қарши баҳс олиб боради  2 08:51"Аякс" ва "Панатинаикос" пеналтилар сериясида берилган зарбалар сони бўйича еврокубоклар рекордини ўрнатди  2 08:20Тошкент дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни Ўзбекистон кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛEРEЯ  2 07:52Суперлига. Бугун мусобақа етакчилари меҳмонда ҳаракат қилишади  8 01:00ЛаЛига старт олди! Мавсумнинг илк ўйинида ғолиб аниқланмади  13 00:46Ўзбекистон футзал термаси Анголани мағлуб қилди  3 00:25Денис Коростиченко: "Футболчилар фақатгина ўзини намойиш этиш учун эмас, балки жамоа учун ва "Олимпик" номи учун курашишмоқда"  2 00:10Иван Бошкович: "90 дақиқа ўйинни назорат қилишнинг иложи йўқ. Мақсадимиз ҳар бир рақибни мағлубиятга учратиш"  10 23:57Максим Шацких: "Ҳар икки кунда футбол ўйнаяпмиз"   15 23:10Айбек Нурбаев: "Ўз хатоларимиз эвазига мағлуб бўлдик"   2 23:05Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятда дарвозабонни айбламаган бўлардим"  2

Hamidjon Aktamov: Maqsadimiz Qizilqumning avvalgi mavqeini tiklashdir Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: Maqsadimiz Qizilqumning avvalgi mavqeini tiklashdir

O'zbekiston XXV milliy chempionati oliy liga jamoalari to'qqizinchi tur bahslarini yakunlashdi.

Natijalar shuni ko'rsatmoqdaki, bu yilgi mavsumda jamoalar o'rtasida avvalgilariga nisbatan raqobat bir muncha kuchaygan. O'rganib qolganimiz - Bunyodkor, Lokomotiv, Nasaf hamda Paxtakor kabi g'oliblikka asosiy davogarlik qiluvchi jamoalarga munosib raqobat qiluvchi Metallurg, Qizilqum, Buxoro vakillari ham qo'shilmoqda.

To'g'ri, chempionat uchrashuvlarining asosiy qismi hali oldinda. Biroq hozircha elitada o'ziga xos keskinlik va murosasizlik paydo bo'layotganligi muxlislarning oliy liga bahslariga bo'lgan qiziqishini uyg'ota boshladi. O'tkazilgan o'yinlar ayrim fikr-mulohazalarni bildirish uchun asos bo'la oladi, degan umiddamiz.

Kuni kecha Qizilqum jamoasi bosh menejeri Hamidjon Aktamov Navoiyda amalga oshirilayotgan ishlar, yangi mavsumning ilk taassurotlari hamda kelgusi rejalar xususida klub rasmiy veb-saytiga intervyu berdi.

- Har bir jamoaning o'z muxlislari bor, - deydi Hamidjon G'ulomovich. - Ular o'z jamoasining kuchlilar safidan joy olishini, xalqaro musobaqalarda o'z shahri va yurti sharafini munosib himoya qilishini ko'rishni istaydi. Sevimli futbolchilari mamlakatimiz bosh jamoasida to'p surishini orzu qiladi. Bu bevosita Qizilqum futbol klubiga ham daxldor, deb bilaman.

Dastlab Zarafshon shahrida tashkil etilgan bu jamoa 2000 yildan boshlab muntazam ravishda oliy ligada ishtirok etib kelyapti. O'ziga xos tarixga ega Qizilqum futbol klubi 2002 yilda O'zbekiston milliy chempionati bronza medaliga sazovor bo'lganligi etiborlidir. Ammo oxirgi yillarda jamoada murabbiylar qo'nimsizligi evaziga natijalar o'ta noxush ko'rinish ola boshlaganligi mutaxassis va muxlislarga juda yaxshi malum.

Jamoani o'z holiga tashlab qo'yilgan, eng og'ir mahalida, aniqrog'i, 2013 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida qabul qilib olgandim. Navoiy viloyat hokimligi, viloyat futbol federaciyasi hamda bosh homiy - Navoiy kon-metallurgiya kombinatining qo'llab-quvvatlashi evaziga jamoani oyoqqa turg'azish va uning muammolarini bartaraf etishga kirishdik. O'sha yilning avgustida jamoani viloyat markazi - Navoiy shahriga ko'chirib keltirdik. Mana shundan beri, Qizilqum jamoasi Navoiy shahri sharafini himoya qilib kelmoqda.

O'sha paytda  jamoa 13 uchrashuvda maydonga tushib, atigi 7 ochko jamg'argan va o'n to'rt qatnashchi o'rtasida so'nggi pog'onani band etib turganida ko'pchilik allaqachon Qizilqum jamoasini kuchlilar qatorini tark etishini taxmin qilib bo'lishgan edi. Davralar oralig'ida jamoa tarkibi deyarli sakson foizga yangilandi. Murabbiylar shtabida to'liq mahalliy mutaxassislar ish boshladi. Maydonga ham asosan mahalliy futbolchilar tushirildi. Yakunda 25 ochko to'plab, Qizilqum jamoasi 12-o'rinni egallash bilan birga oliy ligada o'z mavqeini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi.

Oradan bir yil o'tib, jamoamiz 11-o'rinni egallagan bo'lsa, 2015 yilda o'n olti jamoa orasida 10-pog'onani band etdi.

Yuqorida nega jamoa tarixini esladim?! Muxlislar ishonchini qozonish, ijobiy natijalarga erishish uchun avvalo etibor va vaqt talab qilinadi.

Qizilqum jamoasi uy uchrashuvlarini Navoiyda o'tkaza boshlagan dastlabki yilda raqiblarni bundan 30-40 yil muqaddam barpo qilingan So'g'diyona stadionida qabul qilardi. 2014 yil 2 maydan boshlab esa uy uchrashuvlarimiz zamonaviy Yoshlar sport majmuasiga ko'chirildi. Afsuski, o'sha paytda futbol maydonining holati nihoyatda achinarli, futbolchilarimiz ham, raqiblarimiz ham uning sifatidan shikoyat qilishardi.  

 Buni Navoiyda futbolni rivojlantirishga salmoqli ulush qo'shayotgan viloyat hokimi, viloyat futbol federaciyasi prezidenti Erkin Turdimov o'z vaqtida sezib, futbol klubimizga amaliy yordam berdilar. Ularning amaliy yordami va qo'llab-quvvatlashi evaziga o'tgan yil birinchi  davra uchrashuvlari yakuniga etgach, Yoshlar sport majmuasi va futbol maydonida keng ko'lamli rekonstrukciya va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Bu erda xalqaro talablarga javob beradigan barcha shart-sharoitlar yaratildi. Bugun Navoiyga kelgan jamoalar ham buni alohida etirof etishmoqda. Futbolchilarning chiroyli futbol namoyish etishlari uchun ham barcha shart-sharoitlar muhayyo qilib berildi.

- Yuqoridagi fikrlaringizdan anglashiladiki, hozirda Navoiyda raqobatbardosh jamoa shakllanmoqda. Xo'sh, jamoa oldiga bu yilgi mavsumda qanday vazifa qo'yilgan?


- Yuqorida aytganimdek, oxirgi uch yil futbol klubimiz uchun o'ziga xos sinovlar yili bo'ldi. Mavsum boshida viloyat futbol federaciyasi va xomiylarimiz jamoa oldiga avvalo chiroyli va hujumkor o'yinlar namoyish etib, muxlislarni xursand qilishni bosh vazifa qilib qo'yishdi. O'tgan yilgi tarkib o'zagini saqlab qolgan holda o'z ichki moliyaviy imkoniyatlarimizga qarab, bir qator tajribali futbolchilarni jamoaga taklif qildik. Albatta, hozirda jamoa sharafini himoya qilayotgan yigitlarimiz mavsumni yomon boshlashmadi. Bugungacha o'tkazgan uchrashuvlarda muxlislarimiz fikrini ijobiy tomonga o'zgartira oldik, deb o'ylayman. Buni Yoshlar sport majmuasiga tashrif buyurayotgan muxlislar soni ortgani ham tasdiqlab turibdi. Ammo hali bizning o'z ishimiz va ko'rsatayotgan o'yinlarimizdan ko'nglimiz to'lmayapti. Navoiyda chempionlik yoki O'zbekiston kubogi uchun davogar bo'ladigan jamoani shakllantirishimiz zarur. Poyoniga etgan to'qqiz tur bahslari tarkib borasida ham, amalga oshirayotgan ishlarimizda ham kamchilik va nuqsonlarimiz talaygina ekanligini ko'rsatib berdi. Davralar oralig'ida tarkibimizni kuchaytirish choralarini ko'ramiz. Endi Qizilqum jamoasi oliy ligada jon saqlab qolish uchun emas, kuchlilarga qarshi munosib o'yinlar namoyish qiladigan jamoalar qatorida bo'lishga intiladi. Buni klub rahbariyati ham, muxlislarimiz ham istashmoqda, talab qilishmoqda.

- Davralar oralig'ida tarkib qay yo'sinda kuchaytiriladi? Aksariyat tajribali futbolchilarning boshqa klublar bilan amalda shartnomalari mavjud bo'lsa?!

- Ayni paytda jamoa tarkibining deyarli barcha chiziqlarida mahoratli futbolchilarga ehtiyoj sezilmoqda. Nasaf futbol klubidagi yorqin  o'yinlari bilan muxlislarga tanilgan tajribali himoyachi Hamza Karimovning mavsumning ikkinchi yarmini jamoamizda boshlashi hal bo'lgan. Garchi, aksariyat mahoratli futbolchilarning boshqa klublar bilan amaldagi shartnomalari mavjud bo'lsa-da, Qizilqum futbol klubiga yordam berishni istayotganlari ham etarli. SHuningdek, legionerlar masalasini ham qayta ko'rib chiqmoqchimiz. Hujumchi Vyacheslav SHevchenkoni hisobga olmaganda, boshqalaridan ko'ngil to'lgani yo'q. Bundan tashqari, PFL talabi bo'yicha 3+1 limitidagi osiyolik legioner o'rni bo'sh turibdi. Ayni chog'da Eron, Janubiy Koreya, Iroq terma jamoalari azolari sanalgan futbolchilar bilan muzokaralar olib borilyapti. Bizga ko'proq mahalliy iqlimimizga mos tushadigan legioner o'yinchilar zarur. CHunki hademay yurtimizda bir muncha issiq havoda to'p surishga to'g'ri keladi. Bir so'z bilan aytganda, klubimizda selekciya ishlari butun mavsum davomida to'xtamaydi.  

- Hamidjon G'ulomovich, ayrim muxlislar Sizning bosh menejer bo'la turib, jamoa azolariga ko'rsatma berishingizni tanqid qilishmoqda. Bunga munosabatingiz qanday?


- Bu haqda ko'pchilik o'zimga ham ochiqchasiga savol berishmoqda. Zamonaviy futbolda buni tabiiy qabul qilish kerak. Futbol klubi infrastrukturasida qilinadigan ishlar juda ko'p. Ammo futbolni maydonda faqat o'n bir kishi o'ynaydi. Jamoaning ijobiy natijalarga erishishi uchun tajribali mutaxassisning o'z o'rni bor, albatta. Garchi, natija uchun murabbiy javobgar bo'lsa-da, futbolchilarning hammasi maydonda uning ko'rsatmalarini birdek alo darajada bajarishiga kim kafolat beradi?! Bizni quvontiradigani, Navoiyda bugun chinakam ahil va inoq jamoa shakllanmoqda. Futbol klubi ham bir oila! Unda tartib va intizom birinchi o'rinda turishi lozim.

O'z vaqtida umuman to'p tepmagan mutaxassislar faoliyat ko'rsatayotgan futbol klublari ham bugun istagancha topiladi. Ammo men ham futbol o'ynaganman. Bilsangiz, bir paytlar Navoiyda Yujanin jamoasi bo'lardi. Futbolda birinchi o'rinda mahorat tursa, uni namoyish etish avvalo ruhiyatga bog'liq, deb bilaman. O'tayotgan har bir daqiqamiz, har bir kun inson uchun saboq bo'ladi, muallimlik vazifasini o'tab berarkan! Qo'lida PRO licenziyasi bo'la turib, jamoasi oliy ligani tark etayotgan murabbiylar yo'q, deysizmi oramizda?!

To'g'ri, menejerlik tashvishi o'ziga etarli. Futbolchilarga ko'rsatma berish uchun ham saviya, bilim talab etiladi. Men Qizilqum jamoasiga tasodifan kelib qolmaganman. Dastlab viloyat birinchiligida qatnashgan Yujanin jamoasini tashkil etib, unda o'ynovchi-murabbiy sifatida faoliyat olib borganman. 2013 yilgi mavsumdan boshlab birinchi liga azosi - Navoiyning Zarafshon-NCZ futbol klubiga rahbarlik qildim. O'sha mavsumda bu jamoaning qanday o'ynaganligini, birinchi davradan so'ng oliy ligaga asosiy davogarlardan biriga aylanganligini muxlislar yaxshi eslashsa kerak. So'ngra, viloyat hokimligi hamda viloyat futbol federaciyasi menga Qizilqum jamoasini ishonib topshirishdi. Jamoani og'ir ahvolda qabul qilib olganimda men bilan yonma-yon turib ishlaydigan, maslahat beradigan insonlar barmoq bilan sanarli edi. Ko'pchilik ishonchsizlik bilan qaragan, hatto ochiqchasiga ustimizdan kulganlar bo'lgandi. Ammo yakunda mashaqqatlardan cho'chimasdan Qizilqum jamoasini oliy ligada olib qolishning uddasidan chiqdik. SHundan so'ng, 2014 va 2015 yilgi mavsumlar ham jamoamiz uchun oson kechgani yo'q. Endi o'zingiz o'ylab ko'ring, bugun Navoiyda Qizilqum futbol klubi asta-sekin o'z qaddini tiklay boshladi. Klubda bugun ham muammolar yo'q emas. Byudjetimiz ham u qadar katta emas, o'ziga yarasha kamtarona. Homiylarimiz - Navoiy kon-metallurgiya kombinati hamda Qizilqumcement AJning madadini doimo his etib turibmiz. Jamoa azolari o'z vaqtida maosh va mukofot pullarini olishmoqda. Hozirda eng katta yutug'imiz - ahil va inoq jamoamiz. Klubda murabbiylar shtabida asosan mahalliy mutaxassislar faoliyat olib borishyapti. Ular bilan doimo hammaslahat va hamfikr ish yuritishga harakat qilyapmiz, qolaversa, mamlakatimizning tajribali mutaxassislaridan maslahatlar so'rashdan tortinmayman. Jumladan, sobiq paxtakorchi, taniqli mutaxassis, OFK instruktori Islom Ahmedovni jamoamizning ilmiy-maslahatchi murabbiyi deb bilamiz. Erishayotgan ijobiy natijalarimizda uning bizga berayotgan nazariy bilim va ko'rsatmalari samarasini inkor etmaymiz.

SHu o'rinda takidlashni istardimki, futbol klubimizga xolis yordam va maslahatlar berish istagida bo'lgan insonlar uchun eshigimiz doimo ochiq. SHaxsan men futbol fidoyilarini juda hurmat qilaman va ularning mehnatini qadrlashga o'rganganman. Qiyin va og'ir ahvolida Qizilqum jamoasini qo'llab-quvvatlaganlarni ham, undan yuz o'girganlarni ham unutmayman. Ayrimlar o'ylaganidek, men futbolga biznes qilish uchun emas, aksincha Navoiyda futbolni rivojlantirishga hissa qo'shish uchun kirganman. Agar muddaom faqat pul ishlash bo'lganida mening o'z tadbirkorlik yo'lim bor edi. Minglab muxlislar dardi va tashvishiga sherik bo'lmasdan o'z biznesimni qilib yuraversam ham bo'lardi. Ortiqcha g'iybat va fisqu fasodga etibor qilishga o'rganmaganman. Aksincha, tanqidlardan to'g'ri xulosalar chiqarishga harakat qilaman. Maqsadimiz esa kelgusida Qizilqumning mamlakatimizda o'z mavqeini tiklash, Osiyo chempionlar ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritishdan iborat. Bu yo'lda esa har bir foydali maslahatga quloq tutishga doimo tayyorman.

Balki, vaqti kelib biz ham o'z murabbiylar shtabimizga xorijlik mutaxassisni jalb etarmiz. Hozircha Qizilqum futbol klubida bunga ehtiyoj sezayotganimiz yo'q, deb bilaman.

- Asosiy tarkib mavsumni ijobiy natijalar bilan boshlagan bo'lsa-da, ammo Qizilqum yoshlarining ayni paytda egallab turgan mavqei muxlislarni ranjitmoqda...


- Fikringizga qo'shilaman. Yoshlar ligasi uchrashuvlariga jamoani murabbiy Obid Xudoyorov tayyorlamoqda. Ularning mashg'ulot va uchrashuvlarini muntazam kuzatib borishga harakat qilaman. Afsuski, yoshlarimizning aksariyati malakali murabbiy qo'lida saboq olmaganligi va maktab ko'rmaganligi evaziga bugun birinchilik jadvalining quyi pog'onasida bormoqda. Kelgusida jamoamizning ijobiy natijalari davomli bo'lishi uchun esa avvalo bolalar futboliga katta etibor ko'rsatishimiz, g'amxo'rlik qilishimiz lozimligini har lahzada his etib turibmiz. Bu borada klubimiz qoshidagi bolalar va o'smirlar futbol maktabiga etiborni kuchaytirish choralarini ko'ryapmiz. Futbol maktabiga Nodirjon Boltaev rahbarlik qilyapti. Ayni paytda mazkur talim dargohi bilan hamkorlikni yanada yaxshilash, besh va o'n yilga mo'ljallangan maqsadli dasturlar ishlab chiqish ustida bosh qotiryapmiz. Futbol maktabimiz moddiy-texnika bazasini kuchaytirish, yangi futbol maydonlari barpo etish bugungi davr talabi, deb bilaman.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика