So’nggi yangiliklar

13:25"Манчестер Юнайтед" янги мураббий бўйича қарорни кечиктирди  0 12:57"Фенербахче" Гендузини сотиб олди  0 12:30Кемалар шайланмоқда. Қайиқлар-чи?  1 12:00Бугунги ўйинлар: “Боруссия Д” сафарда, футзалда қизиқарли баҳслар ва бошқалар  0 11:38"Милан" Меньянга клуб тарихидаги энг юқори маошни таклиф қилди  4 11:10Ўтган мавсум "Нефтчи" билан чемпион бўлган футболчи фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  0 10:47Пўлатхўжа Холдорхонов: “Худо хоҳласа, “Андижон”га ҳам чемпионликни ният қилиб келдим”  4 10:20"Реал" етакчиси финалда ўйнаши мумкин  3 09:52"Мураббийлар қотили" - Маттейс де Лигт  6 09:24Алонсо "Реал Мадрид"нинг Испания Суперкубоги финалига чиққанига муносабат билдирди  5 08:55Хебайнинг янги жамоаси деярли аниқ  16 08:28Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  20 08:00Шота Арвеладзенинг жияни Суперлига жамоасида кўрикдан ўтмоқда  4 07:25АПЛ. Марказий учрашувда дуранг қайд этилди  7 01:59Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз  37

Hamidjon Aktamov doimgidek dangal gapirdi Yangiliklar

Hamidjon Aktamov doimgidek dangal gapirdi

Superliganing 6-turi doirasida "Lokomotiv" - "Qizilqum" (3:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Hamidjon Aktamov qatnashdi.

- Ikki taymda ikki hil o'yin ko'rdik. Birinchi bo'limda qo'pol xatolarimiz gollar o'tkazib yubordik. O'yindan oldin futbolchilarimga raqiblar xatolardan unumli foydala olishini aytgandim. Tezkor gollar o'tkazib yuborganimizdan keyin o'yinga moslashishga ancha vaqt kerak bo'ldi. "Lokomotiv" - O'zbekistonning kuchli jamoalaridan biri. Ular bilan tenglashish juda qiyin.

Ichki muhitimizda kamchiliklar, etishmovchiliklar bor. Jamoaning zaxirasi tor. Zaxiradan tushayotganlar o'yinni kuchaytira olmayapti. "Qizilqum"da faqatgina bir tarkib o'ynamoqda. Bu yil selekciyada adashdik deb o'ylayman. Yil boshida moliyaviy tomondan qiynaldik. Buni boshqa yashira olmayman. Tarkibimizda 10 nafar yaxshi futbolchi bor. Yoshlarni qo'yib, ularga ham imkon bergan holda harakat qilyapmiz. Boshqa iloji bo'lmayapti.

Gevorkyan? U kattaroq pul so'radi, biz uning talabini bajara olmadik. Uning ketishi borasidagi barcha sabab moliyaviy tomonga borib taqaladi.

O'sha mutaxassislar mening oldimga kelib uch kun ishlashsin. Hammasi qochib ketadi. Men bu jamoani ikkinchi ligadan shu ergacha olib keldim. Zavodda ishlaydiganlardan jamoa qilib, shu darajaga etdik. Oson emas, ular aql o'rgataveradi, ammo mening oldimga kelib, ishlashimni ko'rmaydi. Men 5-6-o'rinlarga harakat qilaman. Men uchun bu normal holat.

Hozirgacha akademiyamiz yo'q edi. Bungacha biz iltimoslar bilan futbolchi olib kelardik. Endi viloyat qoshida akademiya tashkil qilindi. "Nasaf"ning 10 yillik akademiyasi bor. Akademiya o'z mevasini berish uchun biroz kutish kerak.

"Lokomotiv" - hakamga muxtoj emas. Jamoaning Osiyoda katta o'rni bor. Ammo hakamlar chempionlarga doimo yon bosgan. Bilmadim, nega unday unaqa. Dunyo futbolida ham unday holat kuzatiladi.

O'tgan o'yindagi hakamlik ustidan yozdik. Biz tegishli joylarga murojaatimizni taqdim etdik. Ammo keyin nima bo'lganini bilmayman. Meni boshqa chaqirishmadi.

Reyting: +48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика