So’nggi yangiliklar

11:38Футзал бўйича Осиё кубоги. Ўзбекистон - Вьетнам 2:1  0 11:15ФАКТ. Ўзбекистон футзал терма жамоаси кетма-кет бешинчи Осиё кубогида ярим финалга чиқди  6 10:54Аллегри «Ювентус»да қолса, туринликлар етакчиси ёзда жамоани тарк этади  2 10:25«Барселона» вице-президенти Хавининг келажаги борасида расмий баёнот берди  11 10:06Хосе Венансио Лопес: «Эрон билан ўйинга тайёргарлик кўрмадик»  6 09:47Фалакнинг гардиши (Бекзод Толибов блоги)  5 09:22«Челси» Почеттинонинг ўрнига бош мураббий топди  5 08:57«Атлетик» афсонаси Икер Муниаин ёзда жамоадан кетишини маълум қилди  5 08:34Фернандо Торрес қайси жамоани бошқариши маълум  5 08:10«Барселона» «Манчестер Сити» етакчиларидан бирини 50 миллион еврога сотиб олиши мумкин  5 07:44Клопп кечаги мағлубиятдан сўнг чемпионлик имкониятлари ҳақида гапирди  12 07:20Лига 1. "Монако" - "Лилль" 1:0  1 07:15Лига 1. "Лорьян" - ПСЖ 1:4  1 07:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Шеффилд" 4:2  1 07:05АПЛ. "Эвертон" - "Ливерпуль" 2:0  0

Hamidjon Aktamov: "Bularning hammasi yolg'on gaplar. Kim intriga qilayotganini rahbariyat yaxshi biladi" Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: "Bularning hammasi yolg'on gaplar. Kim intriga qilayotganini rahbariyat yaxshi biladi"

Kuni kecha saytimizda "Qizilqum"dagi vaziyat yaxshi emasligi haqida xabar chiqdi.

Unga ko'ra futbolchilar rahbariyatdan murabbiyni o'zgartirishni so'ragan. Mazkur malumotdan so'ng aksariyat muxlislar orasida Hamidjon Aktamov haqida ham gap borganini ko'rishimiz mumkin. Xo'sh,  "Qizilqum" sobiq bosh murabbiyining bunga qanday aloqasi bor? Barchasiga oydinlik kiritish maqsadida Hamidjon Aktamovga murojaat qildik. 


- Assalomu aleykum. Saytingizda chiqqan xabarda muxlislarning xabarini o'qidim. Futboldan charchaganim uchun ishdan ketganman. O'zim ariza yozib iltimos qilib tark etdim. Meni hech kim xaydagan emas. Rahbariyat kim bunday intriga qilayotganini yaxshi biladi. 12 yil uzluksiz ishlab kuchim ham qolmadi. Biror marotaba tatilga chiqmaganman. Futbolchilar murabbiylardan arazlab qolishi ish jarayonidagi holat. Vaziyatlarni so'radim. Hech qanday kelishmovchilik yo'q. Bularning hammasi yolg'on gaplar. Isbotlanmaydigan narsalar. Futbolda ko'pchilik ishlashni istaydi. Lekin murabbiy bo'lib ishlash juda og'ir. Asablar, o'ylarda yurasiz. Odamni charchatib qo'yadi. Rahbariyatga ariza yozib o'zim ketdim.  Klubga hech qanday husumatim yo'q. Qo'limdan kelgancha yordam beraman. Muxlis sifatida ko'mak beraman. Hozir aloqam yo'q, biror lavozimda ham ishlamayapman. O'zimni tadbirkorlik sohamda faoliyatimni olib bormoqdaman. To'g'ri boshqa klublardan, Qirg'iziston, Tojikistondan takliflar bo'ldi. Ammo futbolda ishlamoqchi emasman. Lazarevichni ham o'z shartnomasi, majburiyati bor. Hammasi o'zi davom ettiraveradi. Iltimos qilib intriga qiladigan odatim yo'q. 

Lazarevichni rahbariyat taklif qilgan. Ovozga qo'yilgan pallada man ham qo'limni ko'tarib ovoz berganman. Taklif qilgan odamlar bor. Men futbol jonkuyariman. Ayni paytda biroz dam olmoqchiman. "Qizilqum"dan ham katta sharoitlar taklif qilingan. Tadbirkorlik bilan shug'ullanyapman. Qo'limda 70-80 ta odam ishlaydi. Hozircha to'xtab qolgan ishlarimni qaytadan jonlantiryapman. Odamlardan iltimos qilaman, ortimdan g'iybat qilib gunohga botishmasin.


Manba: "Qizilqum"da vaziyat ancha chigal, futbolchilar murabbiyni almashtirishni so'rashmoqda


Narzulla Saydullaev 

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика