So’nggi yangiliklar

22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  0 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  208 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  7 20:29"Барселона" Шенсни бўйича қарор қабул қилди  2 19:52Хаби Алонсонинг "Реал" бош мураббийи этиб тайинланганидан кейинги илк фикрлари  2 19:25"Милан" янги спорт директорини тайинлади. Жамоани қайта тиклаш учун ким жавобгар бўлади?  7 19:02Дониёр Саидов: "Тажрибали мураббийларнинг тактик курашига гувоҳ бўламиз"  0 18:49Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" – "Андижон". Таркиблар маълум  14 18:37"Насаф"нинг Суперкубок баҳси учун "Бунёдкор"га етиб келишидан суратлар  1 18:28"Андижон"нинг Суперкубок учрашуви учун стадионга етиб келишидан суратлар  9 18:16Асрор Алиқулов: "Биринчи бўлимда бизга иккинчи бўлимдаги каби шижоат етишмади"  0 18:00БАА - Ўзбекистон учрашувини катта экранда томоша қилишни истаганлар диққатига!   12 17:54Ўзбекистон Суперкубоги-2025. "Бунёдкор" стадиони учрашувга шай ҳолатда  2 17:20Саудия Арабистонида спиртли ичимликлар: 2034 йилги ЖЧда сайёҳлар учун истисно бўлиши мумкин  10

Hamidjon Aktamov: "Bahraynda qozonilgan yirik hisobdagi g'alaba tarixdan joy oldi" Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: "Bahraynda qozonilgan yirik hisobdagi g'alaba tarixdan joy oldi"

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi 2018 yili Rossiyada bo'ladigan jahon chempionati Osiyo mintaqasi navbatdagi saralash bosqichi bahslarini yakunlaydi.

Bahrayn futbolchilariga qarshi o'tadigan oxirgi o'yin oldidan mutaxassislar fikri qanday? Bu haqda “Qizilqum” futbol klubi bosh menejeri Hamidjon Aktamov nima deydi?

- Avvalo bugungi o'yin oldidan terma jamoa murabbiylar shtabi va barcha futbolchilarimizga omad tilayman, - deydi Hamidjon G'ulomovich. - O'zbekiston terma jamoasining guruh uchrashuvlarini peshqadam sifati yakunlayotgani barchamizni quvontiradi. Futbolchilarimiz o'z guruhida turli saviyadagi raqiblarga qarshi chiroyli o'yinlar ko'rsatib xalqimizni xursand qildi.

Bahraynda qozonilgan yirik hisobdagi g'alaba tarixdan joy oldi. Bugun bahraynliklar ana shu mag'lubiyat alamini olishga urinishlarini taxmin qilish qiyin emas. Raqib jamoani taniqli futbolchi va murabbiy boshqarishini hisobga olsak, muxlislarni Toshkentda shiddatli o'yin kutib turibdi. Keyingi bosqich masalasini deyarli hal qilib bo'lgan terma jamoamiz murabbiylari balki bu uchrashuvda anchadan beri boshlang'ich tarkibdan joy olmay kelayotgan o'yinchilarga imkoniyat berishar?! CHunki hal qiluvchi saralash bosqichida bunaqa imkon boshqa bo'lmaydi. Nima bo'lganda ham o'z muxlislar qarshisida maydonga tushadigan hamyurtlarimiz g'alabasiga bugun ishonch bilan qarayman va yana bir bor futbolchilarimizga omadlar tilayman.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика