Hamidjon Aktamov: "10 kishi bo'lib qolganimizni hisobga olsak, durang adolatli natija"
17 sen 2020 20:20
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/592762_original.jpg)
![](/upload/storage/592762_220.jpg)
Hamidjon Aktamov: "10 kishi bo'lib qolganimizni hisobga olsak, durang adolatli natija"
Coca Cola Superliga navbatdagi turidan o'rin olgan "Surxon" - "Qizilqum" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh menejeri Hamid Aktamov fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bugun kim gol ursa o'sha yutadigan o'yin bo'ldi. Umuman olganda ikki jamoa hujumkor va ochiq o'yin namoyish etdi. Hujumda ozgina oqsadik, ohirgi nuqtani qo'yadigan futbolchi topilmadi. Ortga yo'l yo'q, qolgan uchrashuvlarda g'alaba qozonishimiz kerak.
Bu - futbol, so'ngi daqiqada 10 kishi bo'lib qolganimizni hisobga olsak durang adolatli natija bo'ldi. Oldingi chiziqda ishonch bildirayotgan futbolchilarimiz ishonchni oqlamayapti. Hayot davom etadi, keyingi o'yinlarga munosib tayyorgarlik ko'ramiz va g'alaba qozonishga harakat qilamiz",- deydi Hamidjon Aktamov.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar