Hamid Aktamov: "Oliy ligada kuchsiz raqibning o'zi yo'q"
14 mar 2015 20:58
Yangiliklar

Hamid Aktamov: "Oliy ligada kuchsiz raqibning o'zi yo'q"
"Qizilqum" - "So'g'diyona" (4:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ijrochi direktori Hamid Aktamov ishtirok etdi.
"Avvalombor barcha muxlislarni yangi futbol bayrami bilan tabriklayman. Menimcha o'yinimiz juda chiroyli bo'ldi. Muxlislarimiz natijada xursand bo'lishdi. Bugun maydonga tushgan barcha futbolchilar o'ziga bildirilgan ishonchni oqladi. Muhimi g'alaba kerak edi, 3 ochkoga ega bo'ldik", - deydi Aktamov.
- Keyingi turda "Qizilqum" o'z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qiladi...
- Oliy ligada kuchsiz raqibning o'zi yo'q. Barcha jamoalar kuchli. SHu bois keyingi turda ham muxlislarimizni xursand qilishga urinamiz.
- Tarkibga qo'shilgan yangi futbolchilar, legionerlar jamoaga qanchalik moslashib ketishdi?
- Ular anchadan buyon biz bilan mashg'ulot o'tkazishdi. Lekin ozgina nimadir etishmayapti, keyingi uchrashuvlarda yangilar jamoaga yanada qo'shilib ketishadi deb o'ylayman.
"Qizilqum" matbuot xizmati

Fikrlar