So’nggi yangiliklar

09:48"Манчестер Сити" футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  0 09:21Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳо олишди?  3 08:52Ўзбекистон U-23 терма жамоаси сафида ўзгариш юз берди  0 08:25Sofascore. Кеча асосий таркибда майдонга тушган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:57Here we go! "Ливерпуль" АПЛ тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширмоқда  7 07:25"Сиэтл Саундерс" Лига кубогининг финалида Месси бошчилидаги "Интер Майами"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  12 02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  32 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  2 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  3 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  5 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  37 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5

Hamid Aktamov: “Natijadan ko'nglim to'lmadi” Yangiliklar

Hamid Aktamov: “Natijadan ko'nglim to'lmadi”

“Neftchi” - “Qizilqum” uchrashuvi yakuniga etgach, Navoiy futbol klubi ijrochi direktori Hamid Aktamovning fikrlari bilan qiziqdik.
-Taqvimga ko'ra, bu yilgi mavsum jamoamiz azolari uchun bir muncha murakkab boshlanishini avvaldan bilardik, - deydi Hamid G'ulomovich. - CHempionatni safarda amaldagi mamlakat chempioni va O'zbekiston kubogi sohibi “Bunyodkor”ga qarshi boshlash, o'z maydonimizda bitta uchrashuv o'tkazib, so'ngra ketma-ket ikki o'yinni safarda “Paxtakor” va “Neftchi”ga qarshi o'tkazish oson emas, albatta.

-SHunga qaramay, biz bu murakkabliklarga yigitlarimizni tayyorlay olganimizdan xursandman. Farg'onaga faqat g'alaba ishtiyoqida tashrif buyurgandik. Afsuski, futbol maydoni holatining yaxshi emasligi o'zimiz kutgan o'yinni namoyish qilishimizga yo'l bermadi. Jamoamiz tarkibida bugun Eldor Boymatovning maydonga tushmaganligi ham sezildi.

-Umuman olganda, jamoamiz azolarining o'yinidan ko'nglim to'ldi. Biroq natijadan qoniqmadim. To'g'ri, hakamlar ishiga baho bermoqchi emasmanu, ammo ayrim vaziyatlarda ularga biroz xolislik etishmagandek ko'rindi.

-O'z navbatida “Neftchi” muxlislarining faolliklariga havasim keldi. Qolaversa, bizni qo'llab-quvvatlash uchun uzoq Navoiydan vodiyga tashrif buyurgan muxlislarimizga ham minnatdorchilik bildiraman. Keyingi uchrashuvlarda ularni o'zimizning chiroyli o'yinimiz va g'alabalarimiz bilan xursand qilishga harakat qilamiz, albatta. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика