Hakimi – 2022 yildagi eng yaxshi arab sportchisi. U sovrinni onasiga sovg'a qildi
22 jan 2023 08:10
Yangiliklar


Hakimi – 2022 yildagi eng yaxshi arab sportchisi. U sovrinni onasiga sovg'a qildi
PSJ hamda Marokash TJ azosi Ashraf Hakimi Ar-Riyodda o'tkazilgan “Joy Award” marosimida qatnashdi.
U 2022 yildagi eng yaxshi arab sportchisi deya etirof etildi. Sovrin Yaqin SHarqdagi sportchilarga topshiriladi. Futbolchi tadbirga onasi bilan tashrif buyurdi va sovrinni unga sovg'a qildi.
24 yoshli futbolchi JCH-2022'da Marokash terma jamoasi bilan kuchli to'rtlikdan joy oldi. Parijliklar bilan esa u o'tgan mavsum Liga 1 va Franciya Superkubogida muvaffaqiyatga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar