Hakim Fuzaylov: "Vaziyat o'zgarmasa, "Buxoro"dan ketaman"
19 iyu 2022 15:37
Yangiliklar
Hakim Fuzaylov: "Vaziyat o'zgarmasa, "Buxoro"dan ketaman"
"Birinchi davra yakuniga etganidan keyin "Buxoro"ni kuchaytirish maqsadida bazi futbolchilar va ishchi-xodimlar bilan xayrlashishga qaror qildim. Klub prezidentiga Superligaga chiqish vazifasini uddalashga vada berdim. Ammo ayni paytda jamoa homiysi ketkazilgan futbolchilarni klubga qaytarishni talab qilyapti. "Buxoro"ning haqiqiy, jonkuyar muxlislari va jamoa prezidentidan bunday bosim ostida ishlay olmasligim uchun uzr so'rayman.
Hammasi shunday davom etsa, kimlardir murabbiyning ishiga aralashaversa, klubdan ketishga majbur bo'laman", - deydi Hakim Fuzaylov.
Eslatib o'tamiz, tojikistonlik mutaxassis Pro-liganing o'tgan mavsumida raqobatchilariga nisbatan kuchsizroq tarkib va kichik byudjetga ega bo'lgan "Dinamo"ni elitaga qaytargan edi.
Fikrlar