So’nggi yangiliklar

23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  0 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  0 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  60 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  9 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1

Hakim Fuzaylov: "Deyarli barcha futbolchilarim yomon o'ynashdi" Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: "Deyarli barcha futbolchilarim yomon o'ynashdi"

Teglar :  Hakim Fuzaylov
Pro liganing 4-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Dinamo" (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov o'z fikrlarini bildirdi.

"Oldin ham aytgandim, Pro ligadagi barcha o'yinlar qiyin o'tadi. "Xorazm" jamoasi bizga qarshi o'z maydonida juda qattiq tayyorlanishini futbolchilarimga uqtirgandim. Bizning deyarli barcha futbolchilarimiz juda yomon o'ynashdi, bir taymdan ko'proq vaqt davomida 10 kishiga qarshi harakat qildik va deyarli hech qanday vaziyat yarata olmadik.

Qizil kartochka haqida? To'g'risi men turgan joydan bu vaziyat juda uzoqda edi. Bu hakamning qarori, uni muhokama qilmayman.

Temur Ismoilov haqida? Boshida aytdim deyarli barcha o'yinchilarim yomon o'ynadi dedim. Ismoilov ham boshqalar singari yomon o'ynadi.

Pro liga saviyasi haqida? Yig'inlar vaqtidayoq Pro ligada barcha bahslar og'ir o'tishini taxmin qilgandim. Juda qiyin musobaqa. Hozir hech bir favoritni ko'rsata olmayman.

Stadion haqida? Ajoyib muhit. To'g'ri maydon holatini yanada yaxshilash mumkin. Issiqda bunday maydonda o'ynash og'ir bo'ladi. Oldinda yoz fasli bor. "Xorazm" futbolchilari bu erda doim o'ynashadi. Muhitga esa gap yo'q", - deydi Hakim Fuzaylov.




Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика