So’nggi yangiliklar

15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  0 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  2 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  31 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  30 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6

Hakamlarimizning 2013 yilgi xalqaro maydondagi faoliyati Yangiliklar

Hakamlarimizning 2013 yilgi xalqaro maydondagi faoliyati

Ortda qolgan futbol mavsumi hakamlarimiz uchun ancha sermahsul kelganligi quyida keltiriladigan statistik malumotlar tasdiqlasa, ajabmas.
Bu yil FIFA  tomonidan bir necha xalqaro turnirlar o'tkazildi. Yoshlar va o'smirlar o'rtasida jahon chempionati, Konfederaciyalar kubogi bo'lib o'tgan bo'lsa, yaqinda klublar o'rtasida jahon chempionati start oladi. Ushbu turnirlardan birida, aniqrog'i Konfederaciyalar kubogida hamyurtimiz Ravshan Ermatov ham ishtirok etdi. SHuningdek, elit guruhdan joy olgan uch referimiz Ermatov, Kovalenko va Ceytlinlar jahon chempionati saralash uchrashuvlari, qita kubogi saralash uchrashuvlari va klublar o'rtasida o'tadigan Osiyo chempionlar ligasi, OFK kubogi bahslarida bir qator muhim o'yinlarni boshqarib borishdi. Bu trio ortidan etishib chiqayotgan yosh hakamlarimizga ham bir qator turnirlarda o'yinlarni o'tkazishdi. Katta futbol bilan bir qatorda hamyurtlarimiz futzal va plyaj futbolida ham xalqaro o'yinlarga muntazam chaqiruv olib turishibdi. Uchrashuv nazoratchisi sifatida Farhod Abdullaev bu mavsumni asosan xorijda o'tkazdi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Farhod nazoratchi hakamlik bilan bir qatorda ko'plab mamlakatlarda hakamlarni tayyorlash kurslarida ustozlik vazifasini ham o'tadi. Bir so'z bilan aytganda, ularning faoliyati joriy mavsum uchun ijobiy yakun topdi. SHu o'rinda savol tug'iladi, nega bizdan hakamlar yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatlariga chaqirilmadi? Haqli savol. Nega chaqirilmadi deyish mumkin. Bu borada bir necha mutaxassis bilan uchrashib shu savolga javob izladim. FIFAda ayni paytda 200dan ortiq davlat azo bo'lsada, ular xalqaro o'yinlarni boshqarish uchun ayni damda elit guruhda 52 referi xizmatidan foydalanayotgan bo'lsa, ularga qo'shimcha ravishda yana zaxira ro'yxatida 20dan oshiq referi bor ekan. Xalqaro futbol uyushmasi mazkur hakamlar guruhiga yil davomida o'yinlarni teng taqsimlab, ularni barchasiga imkoniyat berib keladi. Bir referi bir mavsumda ikki nufuzli turnirda ishtirok etishi kamdan kam holatda uchrar ekan. SHundan kelib chiqib, Konfederaciyalar kubogida ishtirok etgan Ermatov yillik limit bo'yicha chaqiruv olgan, zaxira referi bo'lib turgan Valentin Kovalenkoga esa FIFA hozircha bu imkoniyatni taqdim etmadi. SHu sababli, bizning jamoalarimiz ishtirok etgan har ikki turnirda hakamlarimiz qatnashishmadi. Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsa, O'zbekiston o'smirlar va yoshlar terma jamoalari 5 marta jahon chempionatlarida ishtirok etgan bo'lsa, birortasida ham bizning hakamlarimiz chaqirilmagan ekan.



Hakamlarimizning 2013 yilgi xalqaro o'yinlari statistikasi bilan tanishing
6 mart. OFK kubogi. “Ravshan” (Tojikiston) – Al-Ramta (Iordaniya).
Hakamlar
: Vladislav Ceytlin, Jahongir Saidov, Husniddin SHodmonov, Aziz Osimov.

12 mart. Osiyo chempionlar ligasi (OCHL). Al-Jazira (BAA) – Ash-SHabab (S.Arabistoni)
Hakamlar:
Ravshan Ermatov, Abduhamid Rasulov, Bahodir Qo'chqorov (Qirg'iziston), Vladislav Ceytlin.

12 mart. OCHL. Al-Ittifoq (S.Arabistoni) – Laxviya (Qatar).
Nazoratchi hakam:
Farhod Abdullaev.

13 mart. OCHL. Istiqlol (Eron) – Al-Ayn (BAA)
Hakamlar:
Valentin Kovalenko, Rafael Ilyasov, Mamur Saidqosimov, Aziz Osimov.

26 mart. JCH saralash uchrashuvi. Avstraliya – Ummon
Hakamlar:
Ravshan Ermatov, Abduhamid Rasulov, Bahodir Qo'chqorov (Qirg'iziston).

2 aprel. OCHL. Seul (J.Koreya) – Vegalta Senday (Yaponiya)
Hakamlar
: Valentin Kovalenko, Rafael Ilyasov, Mamur Saidqosimov.

2 aprel. OCHL. Sepahon (Eron) – Al-Ahli (S.Arabistoni)
Hakamlar:
Vladislav Ceytlin, Jahongir Saidov, Husniddin SHodmonov.

9 aprel. OCHL. CHonbuk Xyunday (J.Koreya) – Urava Reds (Yaponiya)
Hakamlar
: Vladislav Ceytlin, Jahongir Saidov, Husniddin SHodmonov.

10 aprel. OCHL. Traktorsozi (Eron) – Ash-SHabab (S.Arabistoni)
Hakamlar:
Valentin Kovalenko, Rafael Ilyasov, Mamur Saidqosimov.

23 aprel. OCHL. Al-Hilol (S.Arabistoni) – Al-Ayn (BAA)
Hakamlar:
Vladislav Ceytlin, Jahongir Saidov, Husniddin SHodmonov, Aziz Osimov.

23 aprel. OCHL. Al-Garafa (Qatar) – Al-Ahli (S.Arabistoni)
Hakamlar:
Valentin Kovalenko, Rafael Ilyasov, Mamur Saidqosimov.

30 aprel. OFK kubogi. Ravshan (Tojikiston) – Al-SHorta (Suriya)
Zaxira hakami:
Aziz Osimov.

30 aprel. OCHL. Central Kost Marines (Avstraliya) – Kashiva Reysol (Yaponiya)
Hakamlar:
Valentin Kovalenko, Rafael Ilyasov, Mamur Saidqosimov.

1 may. OCHL. Vegalta Senday (Yaponiya) – Jiangsu Sainti (Xitoy)
Hakamlar:
Ravshan Ermatov, Abduhamid Rasulov, Bahodir Qo'chqorov (Qirg'iziston).

14 may. OFK kubogi. 1/8 final.
Hakamlar:
Vladislav Ceytlin, Jahongir Saidov, Husniddin SHodmonov.

14 may. OCHL. 1/8 final.
Nazoratchi hakam:
Farhod Abdullaev

19 may. Tailand premer ligasi. Bek Tero Sasana – Buriram Yunayted
Hakamlar:
Olim Tolibjonov, Ruslan Serazetdinov, Andrey Bukatin.

21 may. OCHL. 1/8 final.
Hakamlar
: Valentin Kovalenko, Rafael Ilyasov, Mamur Saidqosimov, Vladislav Ceytlin.

11 iyun. JCH saralash uchrashuvi. Iroq – Yaponiya
Hakamlar:
Valentin Kovalenko, Rafael Ilyasov, Mamur Saidqosimov, Vladislav Ceytlin.

18 iyun. JCH saralash uchrashuvi. Iordaniya – Ummon
Hakamlar:
Valentin Kovalenko, Rafael Ilyasov, Mamur Saidqosimov, Vladislav Ceytlin.

22 iyun. Konfederaciyalar kubogi. Braziliya – Italiya
Hakamlar
: Ravshan Ermatov, Abduhamid Rasulov, Bahodir Qo'chqorov (Qirg'iziston).

20-28 iyul. SHarqiy Osiyo Kubogi. Janubiy Koreya.
Hakamlar
: Valentin Kovalenko, Rafael Ilyasov.

17-29 sentyabr. Xalqaro turnir. Indoneziya
Hakam
: Ilgiz Tantashev.

21-29 sentyabr. OFK O'smirlar chempionati saralashi. Quvayt.
Hakamlar
: Aziz Osimov, Husniddin SHodmonov.

25 sentyabr. OCHL. Yarim final
Hakamlar
: Valentin Kovalenko, Rafael Ilyasov, Mamur Saidqosimov, Vladislav Ceytlin.

25-29 sentyabr. OFK O'smirlar chempionati saralashi. Qirg'iziston.
Hakam:
Jahongir Saidov.

8-12 oktyabr. OFK Yoshlar chempionati saralashi. Falastin
Hakamlar:
Vladislav Ceytlin, Husniddin SHodmonov.

8-12 oktyabr. OFK Yoshlar chempionati saralashi. Xitoy
Nazoratchi hakam:
Farhod Abdullaev

8-12 oktyabr. OFK Yoshlar chempionati saralashi. Iroq
Hakam
: Jahongir Saidov

12 oktyabr. O'rtoqlik uchrashuvi. J.Koreya – Braziliya
Hakamlar
: Ravshan Ermatov, Abduhamid Rasulov, Bahodir Qo'chqorov (Qirg'iziston).

13 oktyabr. OFK kubogi-2015 saralashi. Qatar – Yaman
Hakamlar
: Valentin Kovalenko, Rafael Ilyasov, Mamur Saidqosimov, Aziz Osimov.

15 oktyabr. OFK kubogi-2015 saralashi. Livan – Quvayt
Hakamlar
: Ravshan Ermatov, Abduhamid Rasulov, Bahodir Qo'chqorov (Qirg'iziston), Vladislav Ceytlin.

26 oktyabr. OCHL. Final. Birinchi uchrashuv
Hakamlar
: Ravshan Ermatov, Abduhamid Rasulov, Bahodir Qo'chqorov (Qirg'iziston), Valentin Kovalenko.

19 noyabr. OFK kubogi-2015 saralashi. Quvayt – Tailand
Hakamlar:
Valentin Kovalenko, Rafael Ilyasov, Mamur Saidqosimov, Vladislav Ceytlin.

19 noyabr. OFK kubogi-2015 saralashi. Indoneziya – Iroq
Hakamlar:
Ravshan Ermatov, Abduhamid Rasulov, Bahodir Qo'chqorov (Qirg'iziston).

Ushbu statistikada yana ko'pgina seminarlar, kichik turnirlarga chaqiruvlarni kiritmadim. SHuningdek, futzal, plyaj futboli, ayollar futboli hakamlari ishtirok etgan musobaqalarni ham qo'shib hisoblaydigan bo'lsak, bu ro'yxat yanada uzayishi mumkin edi.



O'ZBEKISTON HAKAMLARINING XALQARO MAYDONDAGI O'RNI

SHu o'rinda hukmingizga kichik bir solishtiruvni keltirib o'tsam. SHu yilning 27 mart kuni FIFA, 2014 yil Braziliya maydonlarida o'tadigan JCH final bosqichi o'yinlarini boshqarishi mumkin bo'lgan hakamlar ro'yxatini elon qildi. 52 guruhdan iborat bu ro'yxatda hamyurtimiz Ravshan Ermatov va Abduhamid Rasulovning borligi quvonarli albatta. 2010 yil ular JARda o'tgan JCHda bizga qancha g'urur va iftixor tuyg'usini uyg'otganini esga olgan bo'lsangiz kerak. Xullas, mana shu ro'yxatga etibor qaratadigan bo'lsak, MDH mamlakatlari orasida faqatgina bizning yurtimizdan hakamlar elit guruhdan joy olishgan. SHuningdek, laynsmen Bahodir Qo'chqorov ham Ermatov guruhida ekanligini inobatga olsak, Rossiya, Ukraina kabi etuk davlatlar bu borada bizdan ortda qolayotganlarini va o'z o'rnida bizning hakamlarimizga havas bilan boqayotganlarini ham yoza boshlashdi. Rossiyadagi holatni avlodlar almashinuvi bilan sharhlashgan bo'lishsa, Ukrainada bu borada ishlar juda sust olib borilayotganligi ko'rinib qoldi. Yaqinda chiqqan xabarlardan birida Ukrainalik referi so'nggi marta ECHL bahslarida 1998 yil o'yin boshqargan ekan. Oradan naqd 15 yil o'tib Sergey Boyko ECHL saralash bosqichida o'yin boshqarishga erishibdi. Ukrainalik hamkasblar uni ECHL guruh bosqichida ham o'yinlar boshqarishidan umidvorligini yozmoqda. Garchi OCHL bahslari ECHLdek nufuzga ega bo'lmasada, qita miqyosida nufuzli turnir hisoblanadi. Yuqoridagi statistikada bizning hakamlarimiz boshqargan o'yinlarga boqing. Osiyoning etakchi jamoalari ishtirokidagi o'yinlarni hamyurtlarimiz ishonchli va sifatli boshqarib kelishmoqda. Bizda bu holat qanaqa ko'rinishda. 2003 yildan FIFA hakamlari ro'yxatidan joy olgan Ravshan Ermatov FIFA tasarrufida o'tkaziladigan eng nufuzli yirik turnirlarni barchasida ishtirok etishga erishdi. Bugungacha xalqaro maydonda 138 o'yin boshqargan Ravshan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida 3 marta, yoshlar o'rtasidagi JCHda 1 marta, JCH finalida 1 marta, Olimpiadada 1 marta, Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida 3 marta, Konfederaciyalar kubogida 1 marta ishtirok etdi. Bu ko'rsatkichga er yuzidagi hakamlardan ko'plariga orzu bo'lib qolayotgani bor gap. Bugungi kunga kelib FIFAning bizning hakamlarimizga bo'lgan ishonchi ortayotganligiga yana bir holatni keltirish mumkin. Ayni vaqtda Valentin Kovalenko zaxira hakamlari guruhidan joy olib turibdi. Nafaqat MDH, balki Evropa va Osiyoning bir qator nufuzli mamlakatlaridan ham hakamlar bu qadar FIFA nazariga tusha olmayapti. SHu o'rinda muxlislarni mulohazaga chorlaymiz. Yuragida ozgina bo'lsada o'z vataniga mehri-muhabbati bor inson o'z hamyurtining bu yutuqlaridan quvonishi va shu orqali o'zida ham g'urur va iftixor paydo qilishi shubhasiz. 2014 yilda ham hakamlarimizni jahon chempionatini ochib beruvchi uchrashuvini ochib berishini kim ham xohlamaydi deysiz.



BUNGA QANDAY ERISHYAPMIZ?

Yuqorida men hakamlar boshqarmasida amalga oshirilayotgan ishlarga guvoh bo'lganim haqida yozgandim. Keling shu haqda sizlarni to'liqroq malumot. Respublikada hakamlar saviyasi va mahoratini oshirish borasida jiddiy o'zgarishlar bundan bir necha yil avval O'FF prezidenti Mirabror Usmonov tomonidan birinchi qadam tashlangandi. O'shanda O'FF prezidenti hakamlarni o'qitish maktabini tashkil etish taklifini o'rtaga tashlagandi va bu tez orada amalga ham oshgandi. Bugungi kunga kelib hakamlarni o'qitish bilan bir qatorda faoliyat olib borayotgan har bir hakamni ish jarayoni diqqat bilan kuzatib borilmoqda. Kerakli vaqtda ular ishtirokidagi o'yinlar maxsus guruhdan iborat mutaxassislar tomonidan tahlil etilmoqda. O'yin davomida kuzatilgan xato va kamchiliklar esa CHig'atoydagi markazda hakamlarning bevosita ishtirokida ko'rib chiqilmoqda. PFL tomonidan oliy liga klublari har bir o'z maydonidagi uchrashuvlarni video tasvirga tushirishlari va PFLga taqdim etishlari majburiy etib qo'yilgan. Bu esa hakamlar ishini nazorat qilishda o'z samarasini bermoqda. Afsuski, ayni vaqtda birinchi liga jamoalarining hammasi ham o'yin video yozuvlarini PFLga etkazib bermayapti. Bu esa birinchilikda hakamlarga bo'lgan etirozlarni ko'payishiga sabab bo'lmoqda. O'yin tafsilotlarini qayta ko'rib chiqish imkoni bo'lmagach, mag'lub jamoa tomonidan ayblov hakamga yuklanishi ko'p bora kuzatilmoqda. SHuningdek, hakamlar orasida ham o'z ishiga sovuqqonlik bilan yondoshuvlar ham kuzatildi. SHu sababli, yangi mavsumdan oliy va birinchi liga jamoalari o'z maydonlarida o'tgan o'yinni to'liq tasvirga tushirib sifatli holatda PFLga etkazib berishi yanada jiddiy nazoratga olinadi. Hakamlar tomonidan yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar qo'mita tomonidan har doim jazolanib kelinadi. Bu haqda ommaviy axborot vositalarida xabar berish borasida hakamlar qo'mitasi qarshilik ko'rsatmaydi. Biroq xalqaro futboldagi holat bo'yicha oladigan bo'lsak, hakamlarni birgina xatosini deb, har tomonlama jazolash ham adolatdan emas. To'g'ri agar hakam o'z ishini suistemol qilib, o'yin natijasiga tasir etadigan bo'lsa, jazoga loyiq. Joriy mavsumdan hakamlar qo'mitasi yana bir necha ko'rinishdagi tahlillarni ham yo'lga qo'ydi. Jumladan, hakamlarga nazoratchilar tomonidan qo'yilgan bahoning nechog'li to'g'ri ekanligi, o'yin video tasmasi orqali boshqa bir mutaxassis ko'rigidan so'ng, qayta baholanyapti. Bu orqali, nazoratchi hakamlar ham o'z ishiga bo'lgan etiborni oshirishi shubhasiz. SHuningdek, yangi mavsumdan nazoratchi hakamlar yangi ko'rinishda o'yin haqida xulosa kitobini to'ldirib borishadi. Noyabrning so'nggi kunlarida barcha nazoratchi hakamlar ishtirokida bu borada maxsus seminar tashkil etildi.

YANGI MAVSUM UCHUN CHAQIRUVLAR BOSHLANIB KETDI

14-19 dekabr kunlari 10 nafar FIFA ro'yxatidan joy olgan hakamimiz BAA davlatiga jo'nab ketadi. Besh kun davomida u erda bilimlarini oshirish bilan birga OFK test-sinovlarini topshirishadi. 25 dekabr-7 yanvar sanalari oralig'ida G'arbiy Osiyo chempionatida referi Valentin Kovalenko va laynsmen Rafael Ilyasovlar chaqiruv olishgan. 11-26 yanvarda 22 yoshlilar o'rtasida o'tadigan Osiyo chempionatida laynsmen Jahongir Saidov va nazoratchi Farhod Abdullaevlar ishtirok etishadi. 23-28 fevral oralig'ida yosh hakamimiz Naim Qosimov Angliyada maxsus seminarda ishtirok etadi. Bungacha Londonda o'tadigan bu seminarda andijonlik Akmal Rahimov va poytaxtlik SHerzod Qosimov ham ishtirok etishgandi. Ko'rib turganingizdek, hakamlarimiz deyarli dam olishga ham ulgurishmaydi. SHu o'rinda yana bir holatni qayd etib o'tsam. Odatda futbolchilar 35 yosh atrofida faoliyatini yakunlaydi. Maydonda futbolchilardan bir xil, bazida ortiq harakatda bo'ladigan hakamlar esa FIFA tasarrufida 45 yoshgacha, O'zbekistonda 48 yoshga o'yinlarni boshqarishi mumkin. Bu yoshda jismoniy holatni bir maromda saqlab turish oson emas. Buni bir bora maydonda hushtak bilan tushib ikki jamoa o'rtasidagi bahsni boshqarib borgandan keyin his qilish mumkin.
2014 yil Braziliyada o'tadigan mundialda milliy jamoamiz ishtirok eta olmaydi. Braziliyada bizni quvontirishi mumkin bo'lgan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhiga navbatda turgan o'quv-testlaridan muvaffaqiyatli o'tib elit hakamlar ro'yxatida JCHga yo'l olishiga tilak bildiraylik. O'zbekiston sharafini munosib himoya etish har birimizning orzumiz emasmi?

Baxtiyor SHirinov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика