So’nggi yangiliklar

09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  1 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  12 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  13 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  10 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  1 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  14 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  16 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  122 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  850

Hakamlarimiz uchun FIFA seminari qanday o'tdi? Yangiliklar

Hakamlarimiz uchun FIFA seminari qanday o'tdi?

Teglar :  FIFAHakamlarSeminar
Avval xabar qilib o'tganimizdek, 4-8 oktyabr kunlari Toshkentda futbol hakamlari uchun FIFA o'quv-kurslari o'tkazildi.

FIFA instruktorlari ishtirokida o'tgan seminarda hakamlarimiz 5 kun davomida o'zlari uchun kerakli bilimlarni o'rganishdi. O'quv-seminar kursining ochilish marosimi 4 oktyabr kuni “Ramada” mehmonxonasida bo'lib o'tdi. SHuningdek, seminar davomida hakamlar uchun nazariy va amaliy mashg'ulotlar ham o'tkazildi. Poytaxtimizda olib borilgan o'quv-seminari qanday o'tganligini bilish maqsadida FIFA instruktori Farhod Abdullaev bilan suhbatlashdik. Boisi Abdullaev bu seminarni o'tkazilishidi bosh-qosh bo'ldi. 10 oktyabr kuni esa Abdullaev Bahraynga jo'nab ketdi. Muxlislarga yaxshi malumki, bugun Bahraynda Osiyo chempionati start oladi va bu musobaqada Farhod Abdullaev nazoratchi hakam sifatida ishlaydi.  

-O'tgan hafta 5 kun davomida Toshkentda hakamlar uchun o'quv-seminari bo'lib o'tdi, - deb so'zini boshladi Abdullaev. – Ushbu seminarda oliy liganing  barcha hakamlari hamda nazoratchi va instruktorlar bo'lib jami 30 nafar ishtirokchi qatnashdi. O'quv-kurslarini Osiyodagi etakchi instruktorlar Saudiya Arabistonidan Ali Al Trayfi va malayziyalik Holidiy Sufiyon olib borishdi. Seminarni o'tkazishdan maqsad so'nggi paytda futbol qonun-qoidalaridagi o'zgarishlar hamda yangiliklarni hakamlarimizga o'rgatish edi. Hammasi bo'lib 92 ta yangilik hakamlarga o'rgatildi. Yani o'yindan tashqari holatlari, qizil va sariq kartochkalarni ko'rsatishdagi yangiliklar, taktik fol holati, qo'l bilan to'pga o'ynash, futbolchilarning formalaridagi ekipirovkalar to'g'risida, o'yindan keyingi penaltilar seriyalari bo'yicha o'zgarishlar, erkin to'p tepishlar, burchak to'plari borasidagi o'zgarishlar tushuntirildi. Qoidalardagi umumiy 92 ta o'zgarishlar aytildi. SHuningdek, futbol qoidalaridan 12703 ta so'z olib tashlangan. Yani bular bekor qilindi. Qoidalardagi shu o'zgarishlar ham hakamlarga o'qitilib borildi. Men FIFA instruktori sifatida Osiyoning 12 ta mintaqasiga javob beraman. SHu bois SHu bois O'zbekistonga qaysi instruktorlar kelishini o'zim tanladim. Bu borada Al Trayfi bilan Sufiyonni taklif qildik.

Besh kun mobaynida nazariy bilimlardan tashqari maydonda ham mashg'ulotlar o'tkazildi. Maydonda hakamlarning jismoniy holati bo'yicha darslar o'tkazilib, o'yindan tashqari holatini belgilash va yana har xil vaziyatlar o'rgatildi. Bu seminar hakamlarimiz uchun foydali bo'ldi deya olaman.



-Hakamlarimiz bu yangi qoidalarga qachondan amal qilishni boshlashadi?


- Ushbu yangiliklar chempionatimizga keyingi mavsumdan joriy etiladi. CHunki hakamlarimiz hozir bu qoidalarni o'rganishgani bilan futbolchilar hamda murabbiylar bundan bexabarlar. Qoidalarni nafaqat hakamlar, balki jamoalar ham bilishlari kerak. Agar keyingi tur o'yinlaridan yangi qoidalar amal qilinadigan bo'lsa, tushunmovchilik yuzaga kelishi mumkin. Masalan, bir xil vaziyatlarda ko'rsatiladigan qizil kartochkaning o'rniga endi sariq beriladi. SHuningdek, sariq kartochka ko'rsatilmaydigan holatlar ham bor. Yangi qoidalarga ko'ra futbolchilarni jazolash kamaymoqda. Tushunmovchilik bo'lmasligi uchun jamoalarni ham yangi qoidalar bilan tanishtirishimiz lozim. Hozir oliy liga hakamlari o'quv-kurslarida ishtirok etishgan bo'lsa, dekabr oyida birinchi liga hakamlari uchun ham seminar o'tkazishni rejalashtirganmiz.

- Siz aytayotgan yangi qoidalar Evropada ham joriy etilganmi?


- Bilasizmi, bu yangi qonun-qoidalar joriy yilning 1 iyunidan kuchga kirdi. SHu bois iyundan keyin boshlangan musobaqalarda bu qoidalar amal qilinadi. Masalan, yaqinda bo'lib o'tgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati shunday qoida bo'yicha o'tdi. Bahraynda start oladigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo Kubogida ham shunday bo'ladi. Ammo milliy chempionatlar uchun ushbu qoidalar hali kuchga kirgani yo'q. Sababi har bir davlat yangi qoidalarni bu yildan boshlaydimi yoki keyingi mavsumdanmi federaciyalarning o'zi hal qiladi. Faqat yangi mavsumdan bular to'liq amalda qo'llaniladi. SHuning uchun kelasi mavsumdan mana shu yangi qoidalar bo'yicha o'ynaladi.

- Zamonaviy futbolda hakamlarimizning ingliz tilini bilishi muhim rol o'ynamoqda. Til o'rganish borasida hakamlarimiz qay darajada o'sishga erishishmoqda?


- Bizda FIFA hakamlarining barchasi ingliz tilini yaxshi bilishadi. FIFA referilari bo'lishgani uchun ham ingliz tilida yaxshi muloqot qila oladilar. SHuning uchun ularda bu borada muammo yo'q. Lekin oliy ligamizdagi hamma hakamlarimiz ham ingliz tilini biladi deya olmayman. SHu bois ayni paytda hakamlar maktabiga kirayotgan yoshlar uchun ingliz tilini o'rganishlariga alohida ahamiyat beramiz. CHunki chet tillarini yoshlikdan o'rgangan baribir yaxshi. Bunday paytda ularning miyasiga hamma narsa kiradi. Yosh o'tib borganda esa xorij tillarini o'zlashtirishlari qiyin bo'ladi. SHu sababli hozir etishib chiqayotgan yosh hakamlarimiz uchun ko'plab qulayliklar yaratib beryapmiz. Hamma narsani yoshlikdan o'rganish to'g'ri bo'ladi. Agar men xalqaro maydonlarga chiqaman deydigan yoshlarimiz albatta til o'rganishlari kerak. SHu yo'nalish bo'yicha biz ko'p ishlar qilyapmiz.

B.TURSUNOV.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика