Hakamlar va nazoratchilar yangi mavsum oldidan attestaciyadan o'tadilar
10 jan 2014 11:38
Yangiliklar

Hakamlar va nazoratchilar yangi mavsum oldidan attestaciyadan o'tadilar
Oliy va birinchi Liga, futbol bo'yicha O'zbekiston Kubogi hamda boshqa musobaqalar uchun hakam va nazoratchilarni malakasini oshirish maqsadida jismoniy tayyorgarlik, hakamlar va nazoratchilar uchun o'yin qoidalari bo'yicha attestaciyadan o'tish haqida O'FF prezidenti buyrug'i elon qilindi.
Unga ko'ra, 2014 yilgi mavsum oliy va birinchi liga, shuningdek O'zbekiston Kubogi hamda boshqa musobaqalardagi hakamlik saviyasi va sifatini oshirish maqsadida 20 yanvar - 22 fevral kunlari futbol qoidalari va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha attestaciya jarayoni tashkil etiladi.
Futbol murabbiylari va hakamlari Respublika maktabida hamda O'FF hakamlar va nazoratchilar qo'mitasi bilan birgalikda 2014 yilgi musobaqalar uchun hakam va nazoratchilarni attestaciyadan o'tkazish va ular uchun o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etish maqsadida besh bosqichdan iborat modul ishlab chiqildi.
1-Bosqich: 20-22 yanvar (Nazoratchilar malakasini oshirish bo'yicha kurslar)
2-Bosqich: 27-31 yanvar (Hakamlar uchun o'quv-mashg'ulot yig'ini)
3-Bosqich: 3-7 fevral (Hakamlar uchun o'quv-mashg'ulot yig'ini)
4-Bosqich: 10-14 fevral (Hakamlar uchun o'quv-mashg'ulot yig'ini)
5-Bosqich: 17-21 fevral (Hakamlar uchun o'quv-mashg'ulot yig'ini)

Fikrlar