Hakam NAIM QOSIMOVning Xorazmdagi “o'ldirishi”
08 iyu 2014 13:50
Yangiliklar
Hakam NAIM QOSIMOVning Xorazmdagi “o'ldirishi”
Yaqinda PFL direktori Farhod Magometov o'yinni buzgan hakamalarga qarshi jiddiy choralar ko'rilishi haqida aytib o'tgan edi.
Biroq bularning bari shunchaki bir gap sifatida qolib ketayotgandek go'yo. Oliy ligadagi hakamlar ijrosidagi so'nggi masxarabozliklardan ko'pchilikning xabari bor. 1-ligada ham bunday masxaraboz hakamjonlarning ishlayotgani g'oyat achinarli holdir. Quyi liganing 2-davrasi ilk turida muxlislar ajoyib, o'ziga xos derbi guvohi bo'lishdi. Xivada Xorazm va Orol jamoalari o'zaro ro'baro kelishdi. Nukusda kechgan uchrashuv juda shiddatli va jangovor ruxda kechgan edi. Xivadagi bahs ham bundan qolishmadi. O'yinni Naim Qosimov ismli hakam boshqarib bordi. Keling yaxshisi o'yindagi vaziyatlarga to'xtalib o'cam.
5-daqiqada mezbonlar posboni G'ayrat O'daev mehmonlar hujumchisi SHukurulla Quttibaev bilan to'qnashib ketdi. Keyinchalik O'daev darvozabon ekanligini unutib, o'zini bokschilardek his qildi shekilli, yiqilib yotgan raqibini 2 marta urdi. Hakam esa vaziyatni ko'rmadi. Oradan biroz vaqt o'tgach Xorazm himoyachisi SHahzod Mannanov Orol hujumchisi Navro'zbek Qaipovni bokschilarga xos tarzda zarba berib, maydonga qulatdi. Qizilga tortadigan vaziyatda hakam sariq kartochka ko'rsatish bilan cheklandi xolos. Oradan yana 5 daqiqa o'tar o'tmas Marks Quranbaev ham Qaipovni ochiqdan-ochiq to'xtatib qoladi. Mezbonlarning qo'polliklariga bosh hakam ko'z yumdi. Orol jamoasi gol urganidan keyin, hakam xorazmliklar hisobni tenglashtirishlari uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qildi.
Xurshid Otamurodov qo'llarini berkitib, ko'kragi bilan to'pni ushlab olgan edi, unga juda yaqin turgan hakam penalti belgiladi. Xorazm jamoasi penaltini tepdi, Orol darvozaboni 11 metrlik jarim zarbasini qaytarib, uni qaytatdan egallab ham olgan edi, Qosimov jarimani qaytadan bajarish lozimligini ko'rsatdi. Eng ajablanarlisi, Yangiboev to'pni qaytarib, uni yuqoriga sakrab egallab olaman deguncha hakam jim turdi. Faqatgina to'p darvozabonning qo'liga tushganidan keyingina, qaytadan 11 metrlik nuqta ko'rsatdi. Buni qanday tushunish mumkin axir? Mehmonlar shok holatiga tushib qolishdi va hakamga etiroz bildira boshlashdi. Hakam o'yin tizginini qo'ldan chiqarib, biroz dovdirab qolganida, kutilmaganda maydonda uchrashuv komissari Konstantin Smirnov paydo bo'ldi. Uning buyrug'a asosan dastlab Oroldan Samat Palvanov chetlatildi. Keyin esa Xorazm futbolchisi Nizom Nurovga ham inspektorning buyrug'i bilan qizil kartochka ko'rsatildi. Qiziq o'yinni kim boshqarishi kerak o'zi? Hakammi yoki inspektor? SHu kuni bosh hakam obrazini bajarib bergan Qosimov inspektor Smirnovning qo'g'irchog'i vazifasini bajarib berdi. Qaytadan tepilgan penalti gol bilan yakunlandi. Hisob 1:1. Hakam zaxiradagi hamkasbiga qarata o'yinga 4 daqiqa qo'shib berilishi lozimligini ko'rsatgan edi, biroq inspektor janobi oliylari bu vaqtni 2taga qisqartirishni buyurdi. Zaxira hakami buyruqni bajardi.
Konstantin akaning nazorati ostida 1-taym ham tugadi. 2-bo'limda hakam ijrosidagi masxarabozliklar yana davom etdi. Xorazm futbolchilari 2 marta ofsayd holatiga chiqib ketishdi. Yon hakam har ikkalasida bayrog'ini ko'tardi. Biroq janob Qosimov maydonda kim hokimligini ularga isbotlab berdi. Hechqanaqasiga ofsayd yo'q deb hisobladi. Agar hammasini bosh hakam echar ekan, unda yordamchi qanot hakamlarining nima keragi bor? Balki keyingi o'yinlarda Qosimov bitta o'zi hakamlik qilib qo'ya qolar. Xullas shu kuni hakam va inspektor Xorazmning g'alaba qozonishini juda xohlashdi. O'yin oxirida Orol darvozasiga yana bir bor yo'q joydan penalti belgilab berdi va ular xohlaganidek mezbonlar yutuqqa erishishdi. Eng ajablanarlisi mezbonlarning chiroq yo'q deb o'yinni kameraga tushirib turgan kamerachini kasetalarini yashirib tashlashgani bo'ldi. To'g'risini aytsam umrim bino bo'lib, bunaqa hakamlikni ko'rmagandim. Agar Qosimovga o'xshagan hakamlar shunaqa qilib futbolni o'ldirishadigan bo'lishsa, biz ikki dunyoda ham jahon chempionatiga chiqa olmaymiz. Bunaqa qo'g'irchoq hakamlar va Smirnovga o'xshab o'yinni echib o'tiradigan inspektorlar o'zbek futbolining oyog'iga bolta urishar ekan, futbolimiz hech qachon rivojlanmasligi muqarrar. Xo'p mayli, natija unutilar, o'yin ham unutilar. Biroq bunday hakamlikdan keyin futbolchilarning futbolga bo'lgan mehrlari, ishtiyoqlri yo'qolib qolmasligiga kim kafolat beradi? Hammamiz yaxshi bilamiz 1-ligada ko'pincha yosh, endigina futbolga qadam qo'yayotgan yigitlar to'p tepishadi. Ular ilk qadamlaridanoq mana shunday o'yinlarni ko'rganliklaridan keyin qanday ahvolga tushishadi. Bu ularning ruhiyatiga tasir qilmaydimi? Naim Qosimovga o'xshgan qo'g'irchoqlar qanchadan qancha yoshlarning futboldan ko'nglini qoldirayotganliklarini bilisharmikan? Bilishsa ham ularda insof degan narsa aslo qiynalmasa kerak. Agar bo'lsa o'sha insof. Xullas PFLdagilardan bir narsani ham iltimos, ham talab qilib qolamiz. O'yinlarga iloji boricha saviyali hakam va inspektorlarni tayinlashni va mezbon jamoadan har bir uchrashuvning kamida 2 ta kamera orqali olingan videotasmasini talab qilsin. Ular ham ko'rishsin quyi ligalarida qanday hakamlar ishlayotganligini. Xorazm - Orol o'yinining videotasmasining yo'qligi esa hakamlar uchun yagona plyus bo'lishi mumkin. Biroq ular muxlislar va futbolchilardan oladigan qarg'ish bir kunmas bir kun tegishi aniq. Naim Qosimov va inspektor janobi oliylari Konstantin Smirnovlarni Orol jamoasi ishtirokidagi boshqa o'yinlarga tayinlanmasliklarini so'rab qolamiz. Men bu gaplarni jahl ustida yoki kimgadir uydurma qilish maqsadida yozayotganim yo'q. Hammasini obdon tahlil qilib yozmoqdaman. Har kimni o'ziga bersin insof degan narsani.
Jetker Sagidulaev.
Pochtamizga kelgan mazkur xatdan so'ng, “janobi” nazoratchining hakamlarga qo'ygan bahosini ko'rib ajablandik. Faqat maydonga tushib hakamlar qaroriga tasir o'tkazgan Smirnovni o'ziga o'zi ball qo'yishi yodidan chiqib qolgani ajablanarli.
Keling, unga bahoni siz o'quvchilar bering. Farhod Magometovga esa bu narsalarni qizig'i ham yo'q.
Xorazm (Urganch) – Orol (Nukus) – 2:1. 5381 tomoshabin.
Hakamlar: N. Qosimov (Qarshi) – 8,2, A. Kalinin (Qarshi) – 8,4, F. Norsafarov (Qarshi) – 8,4, A. Alimov - 8
Nazoratchi: K. Smirnov (Qarshi).
Gollar: N. Norov (45, penalti), S. Jumaniyozov (88, penalti) – SH. Qutiboev (24).
Ogohlantirishlar: M. Hoshimov (10), M. Quronboev (21), SH. Mannonov (28) – I. Seytnazarov (21), U. Yangiboev (29), M. Qorliboev (71).
CHetlatishlar: N. Norov (45) – S. Polvonov (45).

Fikrlar