So’nggi yangiliklar

02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  0 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  0 02:02Африка Миллатлар кубоги. Марокаш ярим финалда!  0 01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  0 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  1 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  1 23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1 22:52"Истанбул Башакшеҳир" ўртоқлик ўйинида дуранг қайд этди, Аббосбек Файзуллаевдан гол  7 22:32Лиам Росеньор: "Босим - бу афзаллик"  0 22:01Жиянов қўшилди, Юсупов ва Ўринбоев йўқ. "Навбаҳор"нинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:46"Динамо" "Ғазалкент"ни мағлуб этган назорат учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:20Расман: Торнике Дзебниаури - "Сурхон" футболчиси  7 20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  3

Haftaning eng noodatiy butsalari Yangiliklar

Haftaning eng noodatiy butsalari

O'tgan hafta futbolchilar qanday noodatiy butsalarda o'ynashganini bilasizmi?

Ko'rinishi g'alati bo'lgan butsalarni etiboringizga havola qilamiz.


O'tgan haftada Nike kompaniyasi Hypervenom «Chasing Gold» nomli cheklangan butsalar tirajini sotuvga chiqardi. Qora va tilla rangli oyoq kiyimlarga sayyoramizning etakchi hujumchilari baho berishdi. Ularning orasida Per-Emerik Obameyyang ham bor.


"Frenzy Pack" kollekciyasidan o'rin olgan PUMA Future 18.1 bustalari bu bahorning eng yorqin modellaridan biriga aylanmoqda. Birinchi marta Grizmann ushbu butsalarni "Levante"ga qarshi o'yinda kiygan edi. Biroq u tanaffusdayoq oyoq kiyimlarini almashtirdi va sevimli butsalarida maydonga qaytdi.


"Tottenxem" sobiq yarim himoyachisi Jeymi O'Xara eski Nike T90 Laser butsalarida xayriya uchrashuvida ishtirok etdi. Model 2006 yilda sotuvga chiqqan edi. Butsalar ayni damda Hypervenom seriyasiga aylangan.


O'sha bahsda 2006 yilda chiqarilgan yana bir butsalardan foydalanildi. Bokschi Piter MakDona Mercurial uchinchi avlodi Talaria modelida to'p tepdi. Vapor III eng mashhur futbol oyoq kiyimlaridan biri bo'lgan.


Elmo Liftink hafta oxirida bir necha yil avval chiqarilgan butsalardan foydalandi: Oq-qora rangdagi adidas Kaiser 5 modeli. Elmo uni xuddi tumordak ishlatadi. Uning "Villem" klubi "NAK Breda" ustidan 2:1 hisobida g'alabaga erishdi va ligada jon saqlab qolish uchun imkoniyatlarini oshirdi.


Kristen Vestfal bu haftada Under Armour Clutchfit butsalarini tanladi. Ushbu oyoq kiyimlar oq, kumush va ko'k rangli shakllardan tashkil topgan.


Manu hozir Nike kompaniyasining What The Mercurial butsalarida to'p tepmoqda. Bu soni cheklangan tiraj: Ilk bor bunday rang Mercurial Superfly 360 oyoq kiyimlarida sinab ko'rilgan edi.


"Tottenxem"ning eng yaxshi to'purari ham yangi Nike Hypervenom "Chasing Gold" futbol oyoq kiyimida maydonga tushdi. Keyn "shporlar" bilan Angliya Kubogida g'olib chiqish imkoniyatiga ega.


Nikolas Kastilo olti yil orqaga qaytdi va "Clash Collection" kollekciyasidan o'rin olgan Nike Mercurial Vapor VIII butsalaridan foydalandi. 2012 yilda Evropa chempionatining barcha elchilari shu butsalarda to'p tepishgan. Kastilo xet-trik qayd etdi!


Va yana xayriya uchrashuvi... Aktyor Tom Rozendal eski adidas Predator Instinctda o'ynadi. Bu butsalar ham noodatiy ko'rinishga mansub oyoq kiyimlar safiga kiradi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика