So’nggi yangiliklar

09:50Германия терма жамоасининг янги сардори маълум  0 09:21"Ал Насср" "Челси" футболчисини 23 миллион еврога сотиб олди  0 08:52Легионеримиз жароҳат сабабли Ўзбекистон МТЖнинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  5 08:24ПСЖ футболчиси "Ал Иттиҳод"га кўчиб ўтди  0 07:55Расман. Осимхен "Наполи"ни тарк этди  2 07:37Расман. Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан бири фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  7 23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   12 23:08Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  19 22:40Санжар Турсунов: "Жаҳон чемпионати саралашларида яхши имкониятга эгамиз"  6 22:20Ўзбекистон кубоги. Сўнгги бор финалда қачон водий дербиси бўлган?  16 21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  12 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   13 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  9 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  9

Hafta iqtiboslari yoxud futbolchi va murabbiylardan eng sara fikrlar Yangiliklar

Hafta iqtiboslari yoxud futbolchi va murabbiylardan eng sara fikrlar

Saytimiz odatiga ko'ra o'tgan hafta matbuotda yangragan futbolchi va murabbiylarning eng sara fikrlarini berishda davom etamiz.

Bu gal "Hafta iqtiboslari" rukniga o'zgartirish kiritishni lozim topdik. Yani, bundan buyon imkon qadar o'zbek futboliga aloqador kishilarning ham etiborga molik gaplarini berib borishga harakat qilamiz. 

- "Evro-2016da vatanim terma jamoasi ko'rsatgan o'yin hamon ko'pchilikning yodida. Uels hech kim kutmaganda yarim finalga etib bordi. Bunaqa holat 60 yilda kuzatilmagandi. Bu natija birinchi navbatda yoshlarga katta taxsir ko'rsatadi, ularda ishtiyoq paydo bo'ladi. Agar Hindiston ham U-17 jahon chempionatida o'zidan iliq taassurot qoldira olsa, bu ular uchun unutilmas voqea bo'ladi" (Rayan Giggz 6 oktyabr kuni Hindistonda start oladigan U-17 jahon chempionati oldidan)

- "Men odamlarning gapiga ahamiyat bermayman. Hakamlik hamma uchun bir xil. Erkakmi, ayolmi, qo'liga hushtak oldimi - maqsad o'yinni yaxshi boshqarish bo'lishi kerak. Hakam sifatida barcha hamkasblarimiz teng huquqli". (Bibiana SHteynxaus Germaniya chenmpionati o'yinini boshqargan ilk ayol hakami bo'lgani haqida)

- "Zidanning aytishicha, Messidan keyin chap oyoqda zo'r o'ynaydigan mendan boshqa hech kimni ko'rmagan ekan. Men uning bu gapidan juda tasirlandim". ("Real" hujumchisi Marko Asensio Zidanning o'ziga bergan tarifi haqida)

- "Agar noxush voqeani esdan chiqarmasang, faqat o'zingga qiyin bo'ladi. Bu o'rinda bitta savolga javob berishing kerak: yana futbol o'ynay olamanmi-yo'qmi? Men futbol haqida ko'p o'yladim va oxiri o'sha voqeani esdan chiqarib yubordim". ("Kristall Pelas" himoyachisi Pape Suare bir yil oldin avtofalokatga uchrab hozir unutib yuborgani haqida)

- "Men uning ikki millionta golini ko'rganman. U men uchun birinchi raqamli" (Argentina terma jamoasi hujumchisi Gonsalo Iguainning braziliyalik Ronaldoga bergan tarifi)

- "Men Messini shug'ullantirayotganimdan xursandman. U notabiiy o'yinchi. U to'p bilan ekan, albatta hozir nimadir bo'lishiga ishonasan. Gap faqat uning gollarida emas, asosiysi u o'yinni to'liq his qiladi. Messi istalgan nuqtada o'ynaydi, xoh hujum, xoh yarim himoya, markazmi, qanotmi, unga farqi yo'q". ("Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Yuventus" bilan bo'lib o'tgan 3:0 hisobidagi o'yindan so'ng)

- "Tizzam yaxshi bo'lib qoldi. Men hammadan jim turishni so'rayman, maydonga qaytganimda butun dunyo bu haqda bilib oladi". (Zlatan Ibragimovich jarohatidan sog'ayib maydonga qaytayotgani haqida)

- "U men uchun afsona. Kerak bo'lsa sochimni ham unikiga o'xshatib oldirib yurishga tayyorman". (Klian Mbappe o'zining eng yoqtirgan futbolchisi Zinedin Zidan haqida)

- "Olmaliq" bilan o'yinda g'alaba qozonish uchun bizga hech kim xalaqit qilgani yo'q. SHunchaki vaziyatlardan foydalana olmaslik, hatto durangni ham ushlab qola olmasligimizga olib keldi". ("Obod" bosh murabbiyi Andrey Demchenko "Olmaliq"qa qarshi bahsdan so'ng)

- "Muhimi, safardan bir ochko bilan qaytyapmiz. Navoiydan kelgan barcha muxlislarga rahmat". ("Qizilqum" yarim himoyachisi Akrom Bahriddinov Jizzaxdagi o'yindan so'ng)

- "Oxirgi to'rtta o'yinning uchtasida 0:0 o'ynadik, endi keyingi o'yinlarda gol urishimiz ham kerak". ("Dinamo" bosh murabbiyi Oleg Tyulkin "Buxoro" - "Dinamo" bahsidan so'ng)

- "Men Qo'qonlikman, shahrim shanini qanaqadir moddiy boylikka almashmayman. To'g'ri, o'tkazib yuborilgan gollarda aybim bordir, lekin ataylab xech qachon gol o'tkazmayman. Men o'z shahrim, o'z mahallam va oilam shanini doim ustun qo'yaman". ("Qo'qon-1912" darvozaboni Aziz Ashurov "Mashal"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin)

- "O'yinni qanday tariflashga hayronman...". ("Buxoro" bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev jamoasi o'z maydonida "Dinamo"ni yuta olmagani haqida)

- "Maydonda 10 kishi bo'lib qolganimizdan so'ng bitta gol urishga erishdik. Agar kamchilikda o'ynab gol urishimizni oldindan bilganimda o'yinni 10 kishi bo'lib boshlagan bo'lardik". ("Metallurg" bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqov "Navbahor"ga qarshi kechgan bahs haqida)

- "Darko Stanoevich aslida qanot futbolchisi emas. O'ng qanot himoyasida Abbos Otaxonov bilan Jahongir Mehmonov ham o'ynay oladi. SHunchaki Darko ulardan kuchliroq bo'lgani sababli uning xizmatlaridan aynan o'ng qanotda foydalanyapmiz". ("Navbahor" bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov serbiyalik himoyachi Darko Stanoevich haqida)

- "O'zbekiston terma jamoasidan taklif tushsami? Men O'zbekistonni juda hurmat kilaman. Lekin terma jamoaga o'tishim haqida gapirishdan mano yo'q. CHunki "Paxtakor" bosh murabbiyiman". (SHota Arveladze milliy terma jamoamizni boshqarish imkoniyati haqida) 

- "Kutilmaganda qizil kartochka rejalarimizni barbod qildi. Bundan keyin tartib-intizomga diqqatliroq bo'lamiz". ("Qizilqum" bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov "So'g'diyona"ga qarshi jamoasining bir kishi kam bo'lib qolgani haqida)

- "Agar Odil Ahmedov O'zbekistonda kelishilgan o'yinlar bor deb o'ylasa, kelib bizga aytsin va muammoni birgalikda hal qilaylik". (O'FF kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash bo'limi boshlig'i Ahrol Inoyatovning Odil Ahmedov fikriga javobi)

- "Men O'FF prezidenti bo'lganimda terma jamoani jahon chempionatiga olib chiqaman deb vada bermaganman. CHunki men ish boshlagan paytda futbolimizda poydevor yo'q edi". (O'FF sobiq prezidenti Mirabror Usmonovning 12 sentyabr kungi Hisobot-saylov konferenciyasida aytgan gaplaridan parcha)

- "Men "Neftchi"dan ketamanmi? Buni rahbariyat hal qiladi. Men jamoaga yordam berish uchun kelganman. Ammo vaziyat kundan-kunga yomonlashib bormoqda" ("Neftchi" bosh murabbiyi Vadim Abramov "Bunyodkor"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin)

- "Nukusdagi o'yin yanada qiyin bo'ladi, chunki u erda suniy maydonda o'ynaymiz". ("Andijon" bosh murabbiyi suniy maydonda to'p tepish qiyinligi haqida)

X.Xoliqov tayyorladi. 


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика