So’nggi yangiliklar

23:32U-17 Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўзбекистон "J" гуруҳидан жой олди  16 23:14Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда сенсацион тарзда "Бешиктош"ни таслим этди, Алиқулов сўнгги дақиқаларда майдонга туширилди  0 23:00Суперлига. "Динамо" 90+8-дақиқада камбэк эвазига "Қизилқум"ни мағлуб қилди  38 22:52"Атлетик" — "Барселона". Ла Лигада мавсумнинг сўнгги ўйини учун таркиблар маълум  1 22:48А Серия. Сўнгги тур ўйинлари учун таркиблар маълум, Шомуродов "Рома" сафида асосий таркибда майдонга тушади  15 22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 22:06АПЛда 2024/25 йилги мавсум якунланди, МЮ сўнгги турда "Астон Вилла"ни ЧЛсиз қолдирди  41 21:58Суперлига. "Пахтакор" 90+8 дақиқада урилган автогол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  95 21:16БАА Про лигаси. "Ал Батаеҳ" ўз уйида "Ал Ваҳда"га мағлуб бўлди, Ғаниевдан ассист, Эркинов эса захирадан ўйинга қўшилди  1 20:40Суперлига. “Навбаҳор” яна гол ёмғирини ёғдирди — бу сафар “Қўқон-1912” таслим этилди  21 19:54"Ланс" собиқ бош мураббийи Уилл Стилл Англия клубига бош мураббий этиб тайинланди  2 19:02Ла Лига. "Атлетико" ўйиннинг сўнгги қисмида "Жирона"ни тор-мор келтирди, Сорлотдан хет-трик. Мадрид клуби мавсумни учинчи ўрин билан якунлади  1 18:16Муҳим беллашувга оз қолмоқда. Терма жамоа йиғинига ким қайси вақтда етиб келади?  8 17:47"Интер" 27 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  0 17:13"Наполи" Аллегрига бир мавсум учун 6 миллион евро таклиф қилиши мумкин  0

Hafta iqtiboslari. Mashhurlardan eng sara fikrlar Yangiliklar

Hafta iqtiboslari. Mashhurlardan eng sara fikrlar

Saytimiz odatiga ko'ra, o'tgan bir hafta ichida jahon va Evropa matbuotida yangragan mashhurlarning eng sara fikrlarini keltirib o'tamiz.

- "Men futbol o'ynay boshlaganimda olti yo etti yoshda edim. Ishonasizmi, 11 yoshgacha faqat o'g'il bolalar bilan o'ynaganman, chunki jamoamizda qizlar yo'q edi. Bunga hamma hayron qolardi. Lekin futbolni shunchalik yaxshi ko'rganimdan menga kim bilan to'p tepishning farqi yo'q edi". (Daniya ayollar terma jamoasi yarim himoyachisi Pernille Xarderning matbuotga bergan intervyusidan) 

- "Nima ham deyishim mumkin, jamoangda Messidek futbolchi o'ynar ekan, bundan doim g'ururlanasan. Messi faqat to'purar emas, u o'yinni boshqaradi, golli paslar uzatadi, raqib himoyachilarini shoshirib qo'yadi, bir so'z bilan aytganda u - ijodkor. Unga qarshi duch kelgan raqib shoshib qoladi. U birga bir hammadan kuchli". ("Barsa" sobiq futbolchisi Dekuning Messi haqida fikri) 

- "U har doim men uchun muhim, shu bilan birga foydali futbolchi bo'lib qoladi. U yaxshi inson edi va kelajakda bu xarakteri ko'p foyda beradi deb o'ylayman. U endigini 26 yoshga to'lgandi, shunga qaramay futbol bilan xayrlashishga majbur bo'ldi". ("Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jarohat sabab futbolni erta tugatgan Rayan Meson haqida) 

- "Biz jahon chempionatida favoritlar qatorida emasmiz. Men uchun asosiy davogarlar - Ispaniya, Germaniya, Franciya, Argentina va Braziliya. Lekin biz bu jamoalarga qarshi bemalol o'ynay olamiz". (Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu JCH-2018dagi imkoniyatlar haqida) 

- "Bir kuni mashg'ulotdan keyin Aleksis narsa olish uchun do'konga bormoqchi bo'ldi. Lekin u mashinasidan tushib eshikni yopganida eshik to'satdan qulflanib qoldi. Mashina kaliti bilan qo'l telefoni ichkarida qolib ketdi. Bu vaziyatda boshqalar nima qilardi bilmadim-u, lekin Sanches uyiga qarab yugurib ketdi. Uni tanib qolganlar hayron, nega o'zidan o'zi ko'chada yuguryapti. O'shanda u to'xtamay 8 km. masofani bosib o'tgandi". (Italiyalik jurnalist Petro Oleotto o'z vaqtida "Udineze"da o'ynagan Aleksis Sanches bilan bog'liq voqea haqida)

- "Kimlardir yuqori iqtidor bilan tug'iladi, kimlardir tinimsiz mehnat evaziga shu darajaga etadi. Har ikkala toifadagi odamlar ham keyinchalik yulduz bo'lishlari mumkin. Mbappe haqida gapiradigan bo'lsam, u ham iqtidor egasi, ham tinimsiz mehnat qiladi". (PSJ etakchisi Edinson Kavani o'z jamoadoshi Kilian Mbappe haqida)

- "Biz suzishni boshladik, endi bo'lsa uzoqdan qirg'oq ko'rinyapti". ("Suonsi" bosh murabbiyi Karlos Karvalxal o'z jamoasining ishlari qanday ketayotgani haqida)

- "U men uchun ustozdek gap. Men u haqda ko'p narsa o'qiganman va uni nafaqat sport, balki hayotda ham katta tajribaga ega insonlardan biri deb bilaman. U jamoani bo'lajak bahslarga qanday tayyorlashni juda yaxshi bilardi. Yashirmayman, men undan ko'p jihatlarni o'zlashtirdim. Ularda basketbolning Messisi - Maykl Jordan o'ynagan payt umuman to'xtatib qolishning imkoni yo'q edi". (Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi Xuan Karlos Osorio "CHikago Bulls" sobiq bosh murabbiyi Fil Jekson haqida)

- "Odamlar "Barselona"da o'ynayotgan himoyachilar haqida noto'g'ri fikrlarni bildirishadi. CHunki ko'pchilik "Barsa"ga himoyachi nega kerak, axir ular faqat hujum qiladi-ku deydi. Sizga aytsam, maydonning raqib tomonida o'ynash o'zidan o'zi ro'y bermaydi, biz himoyachilar o'z ishimizni yaxshi bajarganimiz uchun ham yarim himoyachilar va hujumchilarimiz bemalol raqib tomonga o'tib ketishadi". (Tomas Vermalen "Barsa"da himoyachilar ham muhim o'rin tutishi haqida)

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика