So’nggi yangiliklar

14:28"Челси" 22 ёшли футболчисини "Вильярреал"га сотади  0 13:59Аргентина ва Мессини норозилик намойишлари туфайли Анголадаги ўйиндан воз кечишга чақиришмоқда  0 13:30Суперлига. 20-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", "Хоразм" ва "Сурхон"да йўқотишлар мавжуд  3 13:12Дуглас Луис АПЛга қайтмоқда  0 12:43Рустам Ашурматов қачон сафга қайтиши маълум  1 12:32АПЛ 1-турининг энг яхши футболчиси аниқланди  1 12:04"Замонавий дарвозабон фақат сейв эмас, жамоа ўйини қуриш ва оёқда ўйнашни ҳам билиши керак" - Денис Иванков билан интервью   2 11:41Паулу Бенту Ўзбекистон терма жамоасида, "Қайрат" тарихий натижага жуда яқин, Кападзе олдидаги катта муаммолар - 20 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   7 11:25Рафинья "Олтин тўп"ни топшириш маросимида иштирок этадими?  5 11:22"Тушунишимча, ҳакам пенальтини ўзи белгиламаган, уни мониторга чақиришган" — "Сўғдиёна" - "Динамо" учрашуви ҳакамлик муҳокамаси  13 10:49"Челси" футболчиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  1 10:27Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи Чехия клубида амалиёт ўтайди  0 10:17Гарначо келажаги борасида бир қарорга келди  4 09:45"Рома"нинг янги футболчиси илк машғулотда жароҳат олди  4 09:17"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси ёзда жамоани тарк этади  1

Hafta iqtiboslari. Mashhurlardan eng sara fikrlar Yangiliklar

Hafta iqtiboslari. Mashhurlardan eng sara fikrlar

O'tgan bir hafta ichida mashhur murabbiy va futbolchilar tomonidan bildirilgan eng sara fikrlarni taqdim etamiz.

- "Birorta sovringa davogar bo'lish meni yanada ko'proq ishlashga undaydi. Hozir har doimgidan ko'p bosimni his qilyapman. CHunki bunaqa paytda hamma senga boshqacha qaraydi. Qaysidir o'yinda gol urmasam, qarang, uning o'yinida pasayish bor deyishadi. Ammo men har bir uchrashuvda to'p kiritishim shart emas. Muhimi, jamoam g'alaba qozonsa va sheriklarimga yordam bersam bo'lgani". ("Liverpul" hujumchisi Muhammad Salah "Yilning eng yaxshi futbolchisi" bo'lishga davogarlik qilayotgani haqida)

- "Jahon chempionati yarim finaliga chiqish juda qiyin, lekin buni uddalasa bo'ladi. Bu biz uchun tush emas va amalda shunga harakat qilamiz". (Meksika bosh murabbiyi Xuan Karlos Osario matbuotga bergan intervyusida JCH-2018dagi maqsadlar haqida)

- "O'z paytida Arsen Vengerdek murabbiy qo'l ostida "Arsenal"da o'ynaganimdan baxtliman. Men bu jamoada to'qqiz yilni o'tkazdim va barcha mavsumlar ajoyib kechdi. Menda har doim "Arsenal"dan iliq xotiralar qoladi. Bu jamoani murabbiy sifatida boshqarishga tayyorman". (Franciya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Patrik Vieyra "Arsenal"ni qabul qilib olishga tayyorligi haqida)

- "CHempionlar ligasi sovrinini sotib olishning iloji yo'q. Agar iloji bo'lganida biz har yili sotib olgan bo'lardik. Madrid jamoasi uchun bu musobaqada g'olib chiqish ko'p narsani anglatadi. Ammo g'olib bo'lish oson emas, buning uchun juda qattiq mehnat qilish kerak". ("Real Madrid" yarim himoyachisi Toni Kroos yana ECHLda g'olib chiqishni xohlayotgani haqida)

- "Ibragimovich terma jamoaga bormayman dedi. Men uning qarorini hurmat qilaman. Sen yo'q dedingmi, demak qaytib kelmaslik uchun shunday degan bo'lasan. Biz usiz ham jahon chempionatida o'zimizni ko'rsatishga harakat qilamiz". (SHveciya terma jamoasi bosh murabbiyi Xanne Anderson Zlatan Ibragimovichning JCH-2018ga bormasligi haqida)

- "Yoshligimda Bastian SHvaynshtaygerning o'yinlarini maza qilib ko'rardim. Birinchidan nemis, ikkinchidan u juda ko'p o'yinlar o'tkazgan. Keyin esa "Barsa"da o'ynagan Xaviga o'xshashga harakat qilganman". ("Bavariya" futbolchisi Joshua Kimmix yoshligida kimning o'yinidan zavq olgani haqida)

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика