Gyundogan: "Liverpul" yaqin yillar ichida bir nechta sovrin yutishi mumkin"
06 may 2019 14:44
Yangiliklar


Gyundogan: "Liverpul" yaqin yillar ichida bir nechta sovrin yutishi mumkin"
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan "Liverpul"ning kelajagi haqida fikr bildirdi.
"Agar "Liverpul" ko'p ochko to'plab, chempion bo'la olmasa, bu ular uchun eng ajoyib va bir vaqtning o'zida juda yomon natija bo'ladi. Endi chempion bo'lish uchun 90 ochkodan ko'proq to'plash kerak. Ko'ramiz, bu jamoa yaqin yillar ichida bu darajani saqlab qolarmikan.
"Liverpul"ning tarkibi kuchli va ular joriy mavsum nimaga erishgani muhim emas. Bu jamoa boshqalar uchun juda noqulay raqibga aylanmoqda. Yaqin yillar ichida "Liverpul" ko'plab sovrinlar yutishi mumkin" - deydi Gyundogan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar