Gyotce: "Butun stadion senga hushtak chalsa yoqimsiz"
25 noy 2013 10:38
Yangiliklar


Gyotce: "Butun stadion senga hushtak chalsa yoqimsiz"
"Bavariya" klubi futbolchisi Mario Gyotce Germaniya chempionati 13-tur doirasidagi "Borussiya D"ga qarshi uchrashuv xaqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi, deya xabar beradi nemis OAVlari.
Pep Gvardiola shogirdlari 3:0 hisobida zafar quchishdi, Gyotse esa o'zining sobiq jamoasiga qarshi o'yin taqdirini hal etishda asosiy rolni bajardi.
"Bu o'yin hissiyotlarga juda ham boy bo'lishini avvaldan bilgandik. Butun stadion sendan norozi bo'lib, hushtak chalsa yoqimsiz. Lekin qaysidir manoda men ularni tushunaman. Men birinchi bor bunday holatda qolyapman, shu sababli menga juda qiyin bo'ldi", - dedi futbolchi.

Fikrlar