Gvatemala terma jamoasi ustozi: "Guruh bosqichidagi so'nggi bahs biz uchun hayot-mamot o'yini bo'ladi"
20 sen 09:59
Yangiliklar
Gvatemala terma jamoasi ustozi: "Guruh bosqichidagi so'nggi bahs biz uchun hayot-mamot o'yini bo'ladi"
Jahon chempionati 2-turidan o'rin olgan Eron - Gvatemala (9:4) uchrashuvidan so'ng Gvatemala terma jamoasi bosh murabbiyi Karlos Estrada o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.
"O'ta kuchli raqibga qarshi qiyin uchrashuv o'tkazdik. Eron katta tajribaga ega jamoa. To'p nazorati va boshqa jihatlar bo'yicha ular dunyodagi etakchi jamoalardan biri hisoblanishadi. Eron hatto finalga qadar etib bora olishiga ishonaman.
Guruh bosqichidagi so'nggi bahsni Venesuelaga qarshi o'tkazamiz. Uchinchi tur bahsi biz uchun hayot-mamot jangi bo'ladi. Umid qilamanki, guruhdagi so'nggi uchrashuvda g'alaba qozonamiz va musobaqadagi yurishimizni davom ettira olamiz" - deya fikr bildirdi Karlos Estrada.
Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi
Fikrlar