Gvardiolaning agenti: “Pepning kelajagi borasida hech kim bilan gaplashganim yo'q”
19 noy 2019 00:59
Yangiliklar


Gvardiolaning agenti: “Pepning kelajagi borasida hech kim bilan gaplashganim yo'q”
“Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning agenti Jozep Mariya Orobitg mijoziga “Bavariya” klubi qiziqayotganligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
“Futbolda doim hamma narsa oldindan hal qilib qo'yilmaydi. Men chorshanba kun Gvardiola bilan gaplashgandim, unda hammasi doimgidek holatda. U “Manchester Siti”da o'zini yaxshi his etmoqda. Pepning shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar o'z kuchida qoladi.
OAV xodimlaridan boshqa hech kim Pepning kelajagi borasida menga murojaat qilgani yo'q”, deydi Orobitg.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar