So’nggi yangiliklar

03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  21 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  0 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  10

Gvardiolaga yordamga kelgan o'zbek Yangiliklar

Gvardiolaga yordamga kelgan o'zbek

Angliya kubogi 1/16 final doirasida "Manchester Siti" klubi "Leyton Orient" mehmoni bo'ldi.

Xosep Gvardiola asosiy tarkibda ko'proq ikkinchi tarkib futbolchilarini tushirdi, hamyurtimiz Abduqodir zaxirada qoldirildi. Uchrashuvning 16-daqiqasida "shaharliklar"ning yangi xaridi bo'lgan Niko Gonsales qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va mezbonlar maydon markazidan "Siti" darvozasini nishonga olishdi. To'p darvoza to'siniga tegib maydonga qaytdi va darvozabon Orteganing oyoqlariga tegib darvozadan joy oldi - 1:0. 60 mln evroga sotib olingan Niko 22-daqiqada jarohat sabab almashtirildi. Juda ham omadsiz debyut.

Gvardiola 2-bo'lim avvalida birdaniga har ikkala markaziy himoyachilarni o'zgartirdi. Diash va Reys o'rniga Stounz va Husanov tushirildi. Abduqodir maydonga tushgandan keyin bir epizodda jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi. O'ng qanotdan uzatilgan to'p o'zbekistonlik himoyachi bo'lmaganda deyarli bo'sh darvoza qarshisiga chiqib borayotgan mezbonlar vakiliga borib tushardi.

Keyin esa 56-daqiqada Riko Lyuisning kuchli zarbasi Abduqodirning elkasiga tegib raqib darvozasidan joy oldi - 1:1. Juda kerakli pallada o'zbek yigiti Pep va uning jamoasiga yordamga keldi. Bunaqasini yaqingacha ham faqat orzu qilish mumkin edi. Hozir esa bu haqiqat.


Keyinchalik 79-daqiqada Grilishning zargarona pasidan keyin Kevin de Bryuyne "Siti"ga g'alaba keltirgan golni urdi. Shu tariqa, "Manchester Siti" Angliya kubogining 1/8 final bosqichiga yo'l oldi.

Gvardiola birinchi 45 daqiqalikdan keyin asosiy tarkib futbolchilarini birin ketin maydonga tashlab jiddiylashdi, aks holda qiynalib qolishi mumkinligini sezdi. Husanov gol urganidan keyin yana bir epizodda "Siti" darvozasi tomon ketayotgan to'pni qaytarib qoldi, 2 marta tezligini namoyish etishga ham ulgurdi. "Flashscore" portali Husanov, De Bryuyne va Oraylilarni bir xil 7.9 ballga baholadi. Ular o'yindagi eng yuqori ball olganlar bo'lishdi.


"Manchester Siti" navbatdagi o'yinini 11 fevral kuni tunda "Real Madrid"ga qarshi "Etixad stedium"da o'tkazadi. Ko'pchilik tushinib turganidek, "Siti"ning ikki asosiy markaziy himoyachilari Ruben Diash va Jon Stounz. Lekin, bugungi juda ishonchli o'yini, kamiga Diash endigina jarohatdan qutulib safga qaytganini inobatga olib negadir Abduqodir "Real"ga qarshi ham o'ynaydi deb o'ylayapman. Asosiy tarkibdami yoki bugungidek 2-bo'limdami, farqi yo'q. Muhimi, Husanov maydonga tushishi va Vinisius, Mbappe, Rodrigo kabi mega yulduzlardan to'pni olib qo'yishi. O'shanda butun dunyo o'zbek himoyachisining kuchini his qilardi. Darvoqe, Husanov APL jamoasi tarkibida gol urgan birinchi o'zbek futbolchisi bo'lib tarixga ham kirdi. Olg'a, Husanov!

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика