Gvardioladan qoyilmaqom natija

26 noya 2020, 01:23
Mehmondan "Olimpiakos"ni enggan "Manchester Siti" pley-off yo'llanmasini naqd qilgani haqida xabar qilgan edik.

"Shaharliklar" ustozi Pep Gvardiola Chempionlar Ligasida murabbiy sifatida 12-bor qatnashyapti. Ispaniyalik mutaxassis boshqarayotgan klub 12-bor 1/8 final bosqichga yo'l oldi, bu murabbiylar orasidagi rekord hisoblanadi.

Pep "Manchester Siti"ga qadar "Barselona" va "Bavariya"ni boshqarganedi. U murabbiy sifatidagi 2 bor YCHL g'olibligini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta Sports