Gvardiola UEFA Superkubogida g'olib chiqish bo'yicha Anchelottiga etib oldi
17 avg 2023 08:59
Yangiliklar
Gvardiola UEFA Superkubogida g'olib chiqish bo'yicha Anchelottiga etib oldi
Pep Gvardiola UEFA Superkubogini qo'lga kiritish bo'yicha Karlo Anchelottiga etib oldi.
Endi ushbu turnirda har ikki murabbiyda ham to'rttadan sovrin bor.
Anchelotti Superkubokda 2003 va 2007 yilda "Milan" bilan, 2014 va 2022 yilda esa "Real" bilan g'olib bo'lgan.
Gvardiola esa bungacha ikki marta "Barselona" bilan (2009 va 2011), shuningdek "Bavariya" bilan (2013) bir marta UEFA Superkubogida yutgan.
Fikrlar