Gvardiola Sanening ketishini tasdiqladi, u shartnomani uzaytirmadi
19 iyu 2020 19:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/575345_original.jpg)
![](/upload/storage/575345_220.jpg)
Gvardiola Sanening ketishini tasdiqladi, u shartnomani uzaytirmadi
Manchester Siti yarim himoyachisi Leroy Sane joriy mavsum yakunida jamoani tark etishga yaqin. Bu haqda Pep Gvardiola malumot bergan.
"Leroy yangi bitimdan bosh tortdi. Buni barcha biladi. Agar mavsum oxiriga qadar boshqa klub bilan o'zaro kelishib olinsa, u ketadi. Agarda bu amalga oshmasa, u holda o'yinchi shartnomasining oxirigacha klubda qoladi. Unga 2 yo 3 marta shartnomani uzaytirishni taklif etdik, ammo u rozi bo'lmadi", deydi Gvardiola.
Taniqli insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, Sane «Bavariya» bilan allaqachon kelishib bo'lgan. Ayni paytda futbolchining transfer summasi bo'yicha bir qarorga kelish qolgani aytilmoqda. Leroyning manchesterliklar bilan amaldagi kelishuvi esa 2021 yozida tugaydi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar