Gvardiola: "Myunxenga qo'nishim bilan uyga qaytgandek bo'ldim"

Aslanov Jasurbek
21 iyul 2016, 12:43
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Bavariya"ga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Alyanc-Arena"da o'tgan bahs 1:0 hisobida myunxenliklarning g'alabasi bilan yakunlandi.

"Yana shu yerda ekanligimdan xursandman. Qo'nishimiz bilan uyga qaytgandek bo'ldim. Bu uch yil oilam va men uchun juda yaxshi o'tdi. Bugun ko'plab do'stlarimni ko'rdim. "Bavariya"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bu buyuk murabbiyga, buyuk futbolchi va buyuk muxlislarga eng yaxshi niyatlarimni tilayman. Ularni kuzatib boraman" - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com