Gvardiola: "Myuller va Gyotce qoladi, De Bryuyne "Bavariya"da bo'lmaydi"
14 avg 2015 12:12
Yangiliklar
Gvardiola: "Myuller va Gyotce qoladi, De Bryuyne "Bavariya"da bo'lmaydi"
"Hech bir klub ketma-ket to'rt marotaba chempion bo'la olmagan, shu sababli bu biz uchun juda yaxshi natija bo'lar edi. Ammo raqiblarimiz juda kuchli. Nafaqat "Volfsburg", balki "Bayer", "SHalke-04" va ikki "Borussiya" ham bor.
Transfer rejalar? Tomas qoladi, Mario ham, De Bryuyne esa "Bavariya"da bo'lmaydi. Buni avvaldan bilar edim.
Riberi davolanyapti. U bilan har kuni suhbatlashyapman. Riberi tezroq safga qaytishiga umid qilyapman.
"Barselona"ga qarshi CHempionlar ligasi yarim finalida Xabi Alonso bizning eng yaxshi o'yinchimiz bo'ldi. Yarim himoyada unga mos futbolchi kerak. Tyago 100% tayyor bo'lganida, ushbu joyda o'ynashi mumkin edi.
Duglas Kosta jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lishi mumkin. Ammo eng yaxshi emas, chunki eng zo'r futbolchi "Barselona"da o'ynaydi" - deydi Gvardiola.
Fikrlar