Gvardiola: "MYU "Liverpul"ni yutib bersa yaxshi bo'lardi"
20 jan 2019 17:42
Yangiliklar


Gvardiola: "MYU "Liverpul"ni yutib bersa yaxshi bo'lardi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL doirasidagi "Liverpul" va "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinlardan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Oldimizda "Old Trafford"dagi muhim bahs bor va biz bunda g'alabaga erishishimiz kerak. MYU "Liverpul"ni yutib berganida yaxshi bo'lardi. Agarda shundan keyin biz mag'lub bo'lsak, holat oldingidek og'ir bo'lib qolaveradi", - dedi Gvardiola.
24 fevral kuni MYU "Liverpul"ga qarshi bahs olib boradi. 16 mart kuni esa "Old Trafford"da derbi bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar