Gvardiola Messini "Bavariya"da ko'rmoqchi emas
23 noy 2013 14:54
Yangiliklar


Gvardiola Messini "Bavariya"da ko'rmoqchi emas
"Bavariya" ustozi Xosep Gvardiola "Borussiya" Dortmundga qarshi o'yindan oldin Lionel Messini Myunxen klubiga olib kelish niyati yo'qligini malum qildi, deb xabar bermoqda ESPN.
Kecha ispan matbuotida Messi yozda "Barselona"ni tark etishi haqidagi xabar chiqdi. Futbolchi xorij klublaridan biri bilan dastlabki kelishuvga erishgani ham aytilgandi.
– Men Messini "Bavariya"da ko'rishni istaymanmi? Yo'q, yo'q! Uning klubi "Barselona": bu klub Messiga ko'proq mos keladi, – deydi Gvardiola.
– Men Messini "Bavariya"da ko'rishni istaymanmi? Yo'q, yo'q! Uning klubi "Barselona": bu klub Messiga ko'proq mos keladi, – deydi Gvardiola.

Fikrlar