Gvardiola: "Messi - Ispaniya chempionatida hammadan kam yuguradigan futbolchi"
10 okt 2016 11:05
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/223687_original.jpg)
![](/upload/storage/223687_220.jpg)
Gvardiola: "Messi - Ispaniya chempionatida hammadan kam yuguradigan futbolchi"
"Barselona" sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ko'k-anorranglilar hujumchisi Lionel Messini maqtadi.
"Messi jarima maydonchasiga yaqinlashayotgan paytiga etibor bering. U sayr qilib yurgandek tasavvur uyg'onadi. Uni nazorat qilishadi, ammo u bemalol harakatlanadi. Jarima maydonchasiga kiradi va raqiblaridan qutiladi, Messi to'p bilan harakatlanayotganda har onni suratga oladi. Messi - Ispaniya chempionatida hammadan kam yuguradigan futbolchi. U to'pni qabul qilganida, unda vaqt va maydonning to'liq rentgen surati bo'ladi. Messi hamma qaerda bo'lishini biladi va harakatini boshlaydi" - deydi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar