Gvardiola: "Manchester Siti" umrbod David Silvadan minnatdor bo'ladi"
25 iyu 2020 18:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/583178_original.jpg)
![](/upload/storage/583178_220.jpg)
Gvardiola: "Manchester Siti" umrbod David Silvadan minnatdor bo'ladi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola oldinroq jamoa bilan xayrlashgan David Silva haqidagi fikrlarini bildirdi.
"Silvaning faoliyati noodatiy. U ishtirok etgan o'yinlar soni, u sovrinlarni yutishga yordam bergan o'yinlar... Klub umrbod undan minnatdor bo'ladi", - deydi Gvardiola.
David Silva 2010 yilning iyulida "Manchester Siti"ga "Valensiya"dan 28,75 million evro evaziga o'tgan.
Yarim himoyachi Angliya klubi safida jami 430ta o'yinda maydonga tushib, 76ta gol va 139ta asssist qayd etdi.
U shaharliklar safida 4 bor APL g'olibi, 2 bor Angliya Kubogi sohibi, 5 karra Liga Kubogi g'olibi va 2 bor Angliya Superkubogiga ega chiqqan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar