Gvardiola: "Manchester Siti" kelasi mavsumda ECHLda o'ynashga loyiq"
23 iyu 2020 20:36
Yangiliklar


Gvardiola: "Manchester Siti" kelasi mavsumda ECHLda o'ynashga loyiq"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Bernli"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz juda yaxshi o'ynadik. Boshidanoq bir maqsad yo'lida birlashdik. Endi yanada tezroq qarshi hujumlarga o'tish uchun qunt bilan ishlashimiz kerak.
Birinchi va ikkinchi gollar bizga katta yordam berdi. Biz kelasi mavsumda ECHLda o'ynashga loyiqmiz.
Foden uchun xursandman. Uning yuqori saviyali futbolchi ekanligini bir necha bora takidlaganman. U endigina 20 yoshda va rivojlanishda davom etishi kerak. Ushbu dekadada u "Manchester Siti"ning asosiy futbolchisiga aylana oladi. Bu unga loyiq", - dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar