Gvardiola "Man Siti" qo'l ostida 500 o'yindan 355tasini yutdi. Jamoa uning qo'l ostida 1213ta gol urib, 429ta o'tkazdi
29 dek 2024 22:47
Yangiliklar
Gvardiola "Man Siti" qo'l ostida 500 o'yindan 355tasini yutdi. Jamoa uning qo'l ostida 1213ta gol urib, 429ta o'tkazdi
Pep Gvardiola "Manchester Siti" qo'l ostida 71% o'yinlarni yutdi.
"Lester"ga qarshi APL 19-tur doirasidagi o'yin ispaniyalik mutaxassis uchun "shaharliklar" bosh murabbiyi sifatidagi 500-si bo'ldi.
Jamoa Gvardiola qo'l ostida 355ta g'alabaga erishdi, ulardan 233tasi APL doirasida. "Siti" u bilan 1213ta gol urdi va o'z darvozasidan 429ta to'p olib chiqdi.
"Manchester Siti" joriy mavsum Angliya chempionatida 31 ochko jamg'argan holda 5-o'rinda bormoqda. Jamoa 4 yanvar kuni "Vest Xem" bilan bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar
19:33
Van Persi MYU Fergyuson boshchiligida 2012/2013 yilgi mavsumda 26 bor kambek qilganini yodga oldi 8
Fikrlar