Gvardiola: "Kompanini bosh murabbiy sifatida ko'rib, qariyotganimni tushunyapman"
18 mar 2023 20:15
Yangiliklar


Gvardiola: "Kompanini bosh murabbiy sifatida ko'rib, qariyotganimni tushunyapman"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Byornli"ni boshqarayotgan "shaharliklar" sobiq himoyachisi Vensan Kompani haqida gapirdi.
"Vensan Kompani – men birga ishlagan eng kuchli afsonalardan biri. Lekin men biroz xavotirdaman, chunki sen murabbiylik qilgan futbolchi senga qarshi bosh murabbiy sifatida qarshilik ko'rsatsa, yoshing o'tib borayotganini tushunar ekansan", – dedi Gvardiola.
Belgiyalik sobiq himoyachi 2022 yilning yozidan beri "Byornli" bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelmoqda.
Angliya Kubogi 1/4 finalidan o'rin olgan "Manchester Siti" – "Byornli" bahsi bugun 22:45 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar